Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdy Azimovich Bäşimow (turkmancha: Abdy Azimowiç Bäşimow; 1995-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — turkmanistonlik futbolchi, hozirda "Ahal" klubida oʻynaydi. Bäşimow

Abdy Bäşimow

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdy Bäşimow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdy Azimowiç Bäşimow
Tavallud sanasi 1995-yil 12-dekabr (1995-12-12) (30 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ahal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018–2019 Ahal ? (?)
2020 Qizilqum 7 (0)
2021– Ahal 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014– Turkmaniston 4 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-aprel 2021-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2019-yil 19-noyabr uchun)

Abdy Azimovich Bäşimow (turkmancha: Abdy Azimowiç Bäşimow; 1995-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — turkmanistonlik futbolchi, hozirda "Ahal" klubida oʻynaydi. Bäşimow 2019-yildan Turkmaniston terma jamoasi tarkibida toʻp surmoqda.

Faoliyati

Abdy Bäşimow 1995-yil 12-dekabrda Turkmanistonning Ashxobod shahrida tugʻilgan. Dastlab futzal bilan shugʻullangan. U 2017-yili Ashxobodda oʻtkazilgan yakkakurash va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmanistonning mini-futbol terma jamoasi safida toʻp surgan. Turkmanlar chorak finalda Afgʻonistonga 5:5 hisobida durang oʻynadi, penaltilar seriyasida 5:6 natija qayd etildi. Ushbu bahsda Bäşimow turnirdagi yagona golga mualliflik qilgan. 2018—2019-yillarda Turkmanistonning Anau viloyati „Ahal“ jamoasida oʻynagan. OFK kubogida qatnashgan, 4 ta oʻyinni toʻliq oʻtkazgan, 2 tadan gol urgan — ikkalasi ham 2019-yilning fevral oyida Qirgʻiziston „Alay“iga qarshi bahsda yuz bergan. Oʻyinda 2:1 hisobi qayd etilgan.

2020-yilning fevral oyida u Oʻzbekistonda Zarafshonning "Qizilqum" klubi bilan shartnoma imzolagan. 2020-yil 1-mart kuni Bäşimow Oʻzbekiston Superligasida "Nasaf" ga qarshi oʻyinda (1:3) debyut qildi. Bäşimowning shartnomasi 2021-yilning dekabr oyi oxirigacha moʻljallangan edi. Lekin 2020-yilning avgustida klubni tark etdi.

2021-yilning 30-martida Basimov "Ahal" klubi bilan shartnoma imzolab, jamoa tarkibiga oʻtganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati

Futzal boʻyicha 2017-yilgi Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida Turkmaniston futzal terma jamoasi safida toʻp surgan.

Bäşimow terma jamoadagi debyutini 2019-yilning 10-oktyabr kuni, 2022-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Livanga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 19-noyabr kuni, shuningdek, Shri-Lankaga qarshi saralash bahsida (2:0) kiritdi. Turkmaniston terma jamoasi safida toʻp surayotgan futbolchi hisobida jami 4 ta oʻyin va 1 ta gol bor.

Xalqaro gollar

Raqam Sana Joy Raqib Xol Natija Musobaqa
1. 2019-yil 19-noyabr Köpetdag stadioni, Ashxobod, Turkmaniston  Shri Lanka 1 — 0 2-0 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi
Yuqori