Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Chori Avaz (1957-yil 11-dekabr; Gʻuzor, Oʻzbekiston SSR – 1992-yil 29-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – shoir, tarjimon va muharrir. Tarjimon oʻlaroq Fin eposi

Chori Avaz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Chori Avaz
Tavalludi 11-dekabr 1957-yil
Gʻuzor
Vafoti 29-noyabr 1991-yil(1991-11-29)
(33 yoshda)
Kasbi shoir
tarjimon
muharrir
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Chori Avaz (1957-yil 11-dekabr; Gʻuzor, Oʻzbekiston SSR – 1992-yil 29-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – shoir, tarjimon va muharrir. Tarjimon oʻlaroq Fin eposi „Kalevala“ dostonini hamda Ryunokse Akutagava kabi shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Biografiyasi

Chori Avaz 1957-yil 11-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qarashli Gʻuzor tumanida tugʻilgan. U 1985-yil Oʻzbekiston milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Yulduzcha, Choʻlpon nashriyotlarida muharrir, Nasaf nashriyotida bosh muharrir boʻlib ishlagan.

Asarlari

Chori Avazning tiriklik chogʻida „Baxtiyorlik shu emasmi?“ nomli esselar kitobi, shuningdek, „Tortilgan kamon“, „Uygʻonishdan oʻzga tole izlama“, „Kuz ertasi“ (1992) kabi asarlari nashr etilgan. Vafotidan keyin "Saylanma", "Yashil soʻqmoq" nomli kitoblari chop etilgan. She'rlari ingliz, arab, turk tillariga tarjima qilingan.

Tarjimalari

Chori Avaz tarjimon sifatida polyak yozuvchisi Minkovskiyning „Baqaloq“ qissasini, yapon adiblari Ryunoske Akatugavaning „Qorongʻilikdagi suhbat“, „Pigmey soʻzlari“ asarlarini va Isikava Takubokuning „Tankalar“ asarlarini, shuningdek, fin xalq eposi hisoblangan „Kalevala“ dostoni, Kotib Yosinning „Grif“ asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan.

Asarlari tarjimasi

Chori Avazning rafiqasi Zebo Omonova tashabbusi bilan shoirning sheʼrlari turli tillarga tarjima qilingan. Xususan, 2022-yil ingliz tiliga tarjima qilingan asarlari taqdimoti Misrda boʻlib oʻtgan. 2023-yil Anqaraning Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlikda shoirning turk tiliga tarjima qilingan „Aydınlık hayaller“ kitobi nashrdan chiqqan va taqdimoti boʻlib oʻtgan. 2024-yil aprel oyida esa Ozarbayjon poytaxti Bakuda ham bir guruh taniqli ozar adabiyotshunoslari ishtirokida ozar tilidagi she'rlari taqdimoti boʻlib oʻtgan.

Yana qarang

  • Chori-Avazov shoir byusti
Yuqori