Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdusamad Abduhamidovich Polvonzoda (17.1.1949, Surxondaryo, OʻzSSR) — oʻzbek huqushunosi va davlat arbobi.

Abdusamad Polvonzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdusamad Abduhamidovich Polvonzoda
Полвонзода Абдусамат Абдуҳамидович
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Mansab davri
2000-yildan  2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Sirojiddin Mirsafoyev
Vorisi Boʻritosh Mustafoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1949-yil 17-yanvar (1949-01-17) (77 yosh)
Surxondaryo, Oʻzbekiston SSR
Mukofotlari
Unvoni 3-darajali davlat adliya maslahatchisi

Abdusamad Abduhamidovich Polvonzoda (17.1.1949, Surxondaryo, OʻzSSR) — oʻzbek huqushunosi va davlat arbobi.

Biografiyasi

1949-yil 17-yanvarda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan.

1975—1990-yillarda prokuratura tizimida ishlagan.

1990—2000-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari va Oliy sud raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.

„Paxta ishi“ tufayli jinoiy jazoga hukm qilinganlar ishini qayta koʻrib chiqish boʻyicha hukumat komissiyasi raisining oʻrinbosari boʻlgan.

Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oliy Majlis komissiyasi aʼzosi boʻlgan.

2000-yildan 2005-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimida ishlagan.

2005-yil 6-fevral kuni Oʻzbekistondan qochib ketgani aytilgan. Kanadada yashayotgan oʻzbek jurnalisti Ismat Xushev fikricha, "Polvonzoda siyosiy rahbariyat tomonidan qandaydir jazodan qutulish uchun ketgan yoki uning qochishini Islom Karimovning oʻzi uyushtirgan, yaʼni goʻyoki Karimov jinoyatlarini fosh qilib keyinchalik uning oʻziga „qarshi muxolifatchi“ qilib koʻrsatilishi mumkin" deyilgan.

Yuqori