Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) f

Abdulla Qurbonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulla Qurbonov
Tavalludi Abdulla Akbarovich Qurbonov
1976-yil 2-sentyabr (1976-09-02) (49 yosh)
Toshkent viloyati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Janrlar Pop musiqa
Kasbi Xonanda, aktyor
Faoliyat yillari 1991-yildan hozirgacha
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Abdulla Qurbonov (2-sentyabr 1976-yil) — oʻzbek xonandasi va kinoaktyori.

Hayoti

Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) farzandi boʻlgan.

Abdulla Qurbonovning ilk chiqishlaridan biri 1987-yilda akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida boʻlib oʻtadi. Toʻylardagi chiqishlarining birida u Muhriddin Xoliqovga shogirtlikka tushadi.

Abdulla Qurbonov 1990–1991-yillarda oʻzbek xonandasi Botir Zokirov ijodiga bagʻishlangan vokal tanlovida “Arab tangosi” qoʻshigʻini ijro etib Farruh Zokirov eʼtiboriga tushadi va Moskvada Yalla guruhining konsertida ishtirok etadi.

Qamoqqa olinishi

2013-yil 16-fevralda qoʻshiqchining ichki ishlar boshqarmasida bezorilik qilayotgani haqidagi video YouTubeda paydo boʻldi. Qurbonovning soʻzlariga koʻra u Boʻstonliqdagi toʻydan keyin kafega borib, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan vajanjalda qatnashgan hamda 10 kunga qamatilgan.

Litsenziyasi bekor qilinishi

2013-yil 26-fevralida Oʻzbeknavo estrada birlashmasi Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziya bitimda nazarda tutilgan shart va talablarni muntazam buzgani uchun bekor qilinishi haqida rasmiy bildirish tarqatdi.

Ijodi

Aktyorlik faoliyat

Filmografiyasi
Yil Film Rol Izoh
2010 Sogʻinch Tergovchi
2013 Yor-yor qani? Oʻzi
Yuqori