Oltinkoʻl (qoraqalpoqcha: Altınkól, Алтынкөл) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha (1969 yildan). Qoʻngʻirot shahar kengashiga qarashli. Tuman markazi va yaqin temir yoʻl stansiyasi (Qoʻngʻirot)dan 6 km. Aholisi 24 ming kishini tashkil etadi (2000). Oltinkoʻlda paxta tozalash zavodi, 6 ta umumiy taʼlim maktabi, madaniyat va istirohat bogʻi, avtokorxona, madaniy, maishiy va savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari bor. Oltinkoʻlda Qoʻngʻirot tuman aeroporti joylashgan.
Turkumlar::
- Qoʻngʻirot tumani aholi punktlari
- Oʻzbekiston:Shaharchalar