Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Abdulaziz Karim (1973-yil 23-noyabr (1973-11-23) (52 yosh), Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtiso

Abdulaziz Karim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulaziz Karim
Maʼlumot
Tavallud topgan sanasi va joyi1973-yil 23-noyabr (1973-11-23) (52 yosh)
Toshkent shahri
Yo'nalishiEstrada
KasbiArtist
Faoliyat yillari1998-yildan
MukofotlariOʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (mahrum qilingan)

Abdulaziz Karim (1973-yil 23-noyabr (1973-11-23) (52 yosh), Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi bitiruvchisi. 2005-yildan siyosiy taʼqiblarga uchrab, qidiruvda boʻlgan. Sanʼat sohasidagi ustozi Toʻlqin Umarovich Qurbonov hisoblanadi.

Abdulaziz Karim 2000-yilda Nihol mukofoti sovrindori boʻlgan. 2003-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan.

Tarjimai holi

Abdulaziz Karim musiqa maktabini 1991-yilda tamomlab, 1991—1996-yillarda Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya fakultetida taʼlim olgan. U 1 qismlik opera, 2 ta simfoniya va xor jamoasi uchun 70dan ortiq asarlar yozgan. Yevropa darajasidagi musiqa turlariga talab kamligi sababli 1998-yildan estrada yoʻnalishida ijod qila boshlagan.

Abdulaziz Karimning „Uzun armonlar“, „Qurbon boʻlaman“, „Yagonam oʻzing“ qoʻshiqlari hamda Rayxon Gʻaniyeva bilan hamkorlikda kuylagan „Erkatoyim mani yoqimtoyim“ dueti xit darajasiga koʻtarilgan.

Mashhur taronalari

Abdulaziz Karim ijodidagi qoʻshiqlar
T/RQoʻshiq nomiChiqqan yili
1.Qurbon boʻlaman-
2.Yonimda-
3.Gʻarib ogʻoch-
4.Uzun armonlar-
5.Nozli guloyim-
6.Xato-
7.Taxayyul tuni-
Abdulaziz Karim ijodidagi duetlar
T/RQoʻshiq nomiDuetdoshiChiqqan yili
1.Erkatoyim mani yoqimtoyimRayxon Gʻaniyeva-
2. Yagonam oʻzing Sevara

Nazarhon

-
Yuqori