(dan yoʻnaltirildi)
- Vikipediyada ismi Ilhom va familiyasi Aliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev | |
|---|---|
İlham Heydər oğlu Əliyev | |
| | |
| Mansab davri 2003-yil 31-oktabr | |
| Oʻtmishdoshi | Haydar Aliyev |
| Mansab davri 2003-yil 4-avgust – 2003-yil 4-noyabrgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Artur Rosizoda |
| Vorisi | Mehribon Aliyeva |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1961-yil 12-dekabr Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR |
| Fuqaroligi | |
| Siyosiy partiyasi | „Yangi Ozarbayjon“ |
| Turmush oʻrtogʻi | Mehribon Aliyeva |
| Bolalari | oʻgʻli: Haydar qizlari: Orzu va Leyla Alieva |
| Onasi | Zarifa Aliyeva |
| Otasi | Haydar Aliyev |
| Mukofotlari | |
| Imzosi | |
Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (ozarbayjoncha: İlham Heydər oğlu Əliyev; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktyabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.
Hayoti
- Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda Boku shahrida tugʻilgan. 1967-1977-yillarda Boku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan.
- 1977-yilda Моskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985-yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.
- 1985—1990-yillarda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
- 1991—1994-yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan.
- 1994-yildan 2003-yil avgust oyiga qadar Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
- Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori.
- 1995-yilda va 2000-yillarda Оzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003-yilda Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan.
- 1997-yildan Оzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Хalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan.
- 1999-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001-yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005-yilda esa partiyaning raisi etib saylangan.
- 2001—2003-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida delegatsiya rahbari boʻlgan.
- 2003-yilning yanvarida Yevropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan.
- 2004-yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Yevropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan.
- 2003-yil 4-avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan.
- 2003-yil 15-oktyabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003-yil 31-oktyabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan.
- 2008-yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013-yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozir prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda.
- Ozarbayjon, rus, ingliz, fransuz va turk tillarini biladi.
- Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.
Mukofotlari
- 28.04.2005 —
“Haydar Aliyev” ordeni
„Qirol Abdulaziz“ ordeni
„Shuhrat“ ordeni
„Muborak al-Kabir“ ordeni
„Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi
Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordeni
Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibi
Xalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti
„Yil kishisi“ — 2010-yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Yevropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan
Gretsiya parlamentining Oltin medali
„Shayxulislom“ ordeni
Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni- „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti)
- FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni
- Yevropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni
MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“
„Birlik ordeni“
„Ismoili Somoniy“ ordeni
„Xalqlar doʻstligi“ ordeni
Birinchi darajali Тurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013)
Ozodlik ordeni (2013)
Janub-Janub mukofoti(2015)
Faxriy doktori boʻlgan universitetlar
Boku Davlat universitetining faxriy doktori
Linkoln Universitetining faxriy doktori
Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori
L. N. Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori
Bilkent universitetining faxriy doktori
Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori
Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori
Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori
Kyung Hi Universitetining faxriy doktori
Iordaniya Universitetining faxriy doktori
Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori
M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori
Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori
Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori
Belorus Davlat universitetining faxriy professori;
Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori.
Faxriy fuqaroligi
Astraxan shahrining faxriy fuqarosi.
Tasvirlar
Turkumlar::
- 12-dekabrda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Bokuda tugʻilganlar
- Ukrainaning shaxsiy toʻpponcha nishoni sohiblari
- 1-klass Turkiya ordeni sohiblari
- Ismoili Somoniy ordeni sohiblari
- Shayxulislom ordeni sohiblari
- Stara planina ordeni sohiblari
- Qirol Abdulaziz ordeni sohiblari
- Ozarbayjon Prezidentlari
- Siyosat
- Davlat boshliqlari
- Ozarbayjon Bosh vazirlari
- Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari
- Yashayotgan insonlar
- Turkiy dunyoning oliy ordeni sohiblari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Davlat yetakchilari haqidagi chala maqolalar


