| Fayl:R.S.C. Anderlecht.svg | |||
| Toʻliq nomi | Royal Sporting Club Anderlecht | ||
|---|---|---|---|
| Laqabi | Purple & White, Sporting (niderlandcha: Paars-wit; fransuzcha: Les Mauve et Blanc) | ||
| Qisqa nomi | R.S.C.A. | ||
| Asos solingan | 27-may, 1908-yil | ||
| Constant Vanden Stock – Lotto Park | |||
| Sigʻimi | 22,500 | ||
| Chairman | Wouter Vandenhaute | ||
| Head coach | Brian Riemer | ||
| Liga | Belgian Pro League | ||
| Oʻrni | Belgian Pro League, 3rd of 16 | ||
| Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
Anderlext (niderlandcha: Royal Sporting Club Anderlecht — Qirollik sport klubi Anderlext"; niderland talaffuzida: [ˈɑnderlɛxt], fransuzcha: [ɑ̃dəʁlɛkt], nemischa: [ˈandɐlɛçt]) — Belgiyaning Anderlext professional futbol klubi 1908-yil 27-mayda tashkil topgan. Bu Belgiyaning eng klubi hisoblanib, 33 karra Belgiya chempioni, 9 karra mamlakat kubogi gʻolibi, 13 karra Belgiya superkubogi gʻolibi va 5 karra Yevropa kubogi sohibi. U uy uchrashuvlarini 22 000 dan ortiq tomoshabinni sigʻdira oladigan „Constant Vanden Stock“ stadionida oʻtkazadi. Klubning anʼanaviy ranglari binafsha va oq hisoblanadi.
Tarixi
Klub 1908-yil 27-mayda „Anderlext“ kommunasi hududida joylashgan „Konkordiya“ kafesida tashkil etilgan. Yangi jamoa 1909/10-yilgi mavsumda Belgiya futbol ligasining eng quyi darajasidan, uchinchi viloyat divizionidan boshlab rasmiy turnirlarda qatnasha boshlagan. 1913-yilda jamoa mamlakat chempionatining ikkinchi divizioniga kirdi va u yerda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Urushdan oldin, 1917-yilda klub uchun „Constant Vanden Stock“ arenasi qurilgan boʻlib, u yerda jamoa hozirgacha oʻynamoqda. Birinchi jahon urushi paytida jamoaning kuchli homiysi — sanoatchi „Emil Verse“ boʻlgan. U oʻziga yoqqan jamoa uchun binafsha va oq rangli liboslarni tanladi. 1921-yilda „Anderlext“ birinchi marta Belgiya chempionatining yuqori divizioniga chiqdi va 12-oʻrinni egalladi, ammo keyingi oʻn yil ichida klub turnir jadvalida oxirgi oʻrinda edi. Ammo shunga qaramay jamoa divizionlar oʻrtasida muvozanatni saqlab qoldi.
1947-yilda „ Anderlext“ birinchi marta liga chempionligini qoʻlga kiritdi. Oʻshandan beri „Violet“ nihoyat Belgiyaning yetakchi futbol jamoalaridan biriga aylandi va havas qilsa arziydigan natijalar bilan turnir jadvalida birinchi oʻrinni egalladi. 1963—1968-yillar oraligʻida klub ketma-ket besh marta milliy chempionat oltin medalini qoʻlga kiritib, milliy rekord oʻrnatdi. Klub mamlakat terma jamoasi uchun tayanch punktiga aylandi.
Yevropa arenasida ham klub katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 1982/83-yilgi mavsumda „Anderlext„ UEFA kubogini qoʻlga kiritdi va 1984-yilda ham ushbu turnirning finaliga chiqdi. Shuningdek, „Anderlext“ ikki marta UEFA Superkubogini (1976 va 1978-yillarda) va Kubok egalari kubogini (1975/76 va 1977/78-yilgi mavsumlarda) qoʻlga kiritgan.
Derbilari
„Anderlext“da uchta asosiy derbi bor, bular „Standart“ klubi bilan oʻyinlar (Belgiya klasikosi). „Brugge“ bilan ikkinchi derbi. „Union“ga qarshi uchinchi derbi (Bryussel derbisi).
Hozirgi tarkibi
2022-yil 22-iyul holatiga koʻra. Manba: transfermarkt.com saytidagi oʻyinchilar roʻyxati
| № | Ism sharifi | Davlati | Oldingi jamoasi |
| 1 | Timon Vellenroyter | Villem II | |
| 30 | Xendrik van Krombryugge | Belgiya | Eypen |
| 70 | Rik Verkauteren | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 4 | Ues Xudt | Niderlandiya | |
| 14 | Bogdan Mixaylichenko | ||
| 42 | Xannes Delkrua | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 54 | Killian Sardella | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 55 | Marko Kana | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 62 | Maykl Murilo | New York Red Bulls | |
| 8 | Isxak Abdulrazak | ||
| 11 | Lior Refaelov | Isroil | Antverpen |
| 17 | Serxio Gomes | Borussiya (Dortmund) | |
| 18 | Madjid Ashimeru | ||
| 20 | Kristoffer Olsson | ||
| 25 | Adrian Trebel | Fransiya | Standard |
| 32 | Nilson Angulo | ||
| 46 | Anuar Ait-El-Xadj | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 51 | Yari Versxaren | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 61 | Kristian Arnstad | ||
| 7 | Fransis Amuzu | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| 9 | Benito Raman | Belgiya | |
| 53 | Antuan Kolassen | Belgiya | Klub tarbiyalanuvchisi |
| — | Fabiu Silva | ||
| Murabbiy | Frank Verkauteren | Belgiya | Al-Batin |
- Belgiyadagi futbol klublari
- Alifbo boʻyicha futbol klublari
- UEFA Kubok Egalari Kubogini qoʻlga kiritgan klublar
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib chiqqan klublar
- 1908-yilda tashkil etilgan futbol klublari
- UEFA Superkubogini qoʻlga kiritgan klublar