Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Farrux Soipov 1984-yil 25-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Farrux yoshligidan sahnani orzu qilgan va maktab xorida qoʻshiq kuylab yurgan. Ammo makta

Farrux Soipov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Farrux Soipov
Tavalludi 1984-yil 25-sentyabr (1984-09-25) (41 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor
Janr Komediya, melodrama, drama
Boʻyi 1,93 m

Farrux Soipov (1984-yil 25-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va rejissyori.

Hayoti

Farrux Soipov 1984-yil 25-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Farrux yoshligidan sahnani orzu qilgan va maktab xorida qoʻshiq kuylab yurgan. Ammo maktabdan keyin yuridik oliygohga oʻqishga kirgan.

Sanʼatni tark etishi

2017-yilda u sanʼatni tark etgan. „Sayyod.com“ sayti muallifi uning sanʼatdan ketish sababini quyidagicha izohlagan:

Farruxning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri.

Javohir Zokirov esa bu haqida quyidagi fikrlarni aytgan:

O‘sha paytda u ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Kinoda kelajagini ko‘rolmay, hafsalasiz bo‘lib qolganini sezish qiyin emasdi. Hatto kinoga tushishni ham xohlamay qolgandi. Shunda Farruxga “Film tarixda qoladi, odamlar ko‘radi. Keyinchalik uni ko‘rib afsuslanmaslik uchun rolni maromiga yetkazib ijro etgin. Odamlar ko‘rib, mana o‘zbeklar ham shunaqa zo‘r kino olishibdi, deyishsin”, deganman.

Sanʼatni tark etganidan keyin u tadbirkorlik bilan shugʻullanishga oʻtgan. U bundan keyin ancha vaqt ekranlarda koʻrinish bermagan va 2018-yilga kelib umraga kelgan vaqtida Jasur Hamroyevga intervyu bergan.

Faoliyati

Farrux Soipov ilk rolini „Marjona“ filmida ijro etgan. Shu filmdan soʻng u alohida aktyorlik mahoratlari kurslarida oʻqigan. Keyinchalik AQShga borib, maxsus kinematografiya kurslarida tahsil olgan. Farrux Soipovning birinchi taniqli filmi „Kelgindi kuyov“ boʻlgan. Bu filmda u AQShdan kelgan talaba yigit rolini ijro etgan. Uning ilk rejissyorligidagi film esa „Qalbim oʻgʻrisi“ boʻlib, unda oʻzi ham rol ijro etgan.

Farrux Soipov drama, melodrama, komediya va jangari filmlarda turli obrazlar yaratdi. Ulardan „Qalbim oʻgʻrisi“, „Feride“, „Sugʻdiyona“, „Oshiqlar“, „Panox“, „Kelgindi kelin“, „Osiy banda, 2011“, „Nafs“, „Muhabbatnoma“ va boshqalar bor.

Bundan tashqari Farrux Soipov xonandalik borasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Ijodida „Gʻozal bu dunyo“, „Sen kechir“, „Nafs“ kabi qoʻshiqlari mavjud.

Filmografiyasi

Suratga tushgan filmlari
Yil Nomi Obraz Izoh
2004 Marjona Mashrab Bosh rol
2005 Kelgindi kuyov Suhrob, amerikalik talaba yigit Bosh rol
Goʻzallik Siri Shohruh Bosh rol
2006 Kelgindi kelin Elbek Bosh rol
Sugʻdiyona Rustam Bosh rol
2007 Sevginator Farruh Epizod
Panoh Sanjar Bosh rol
2008 Boyvachcha: Amakivachchalar Farruh Epizod
Feride Farhod Bosh rol
2009 Ada emas, dada Epizod
Oshiqlar Jahongir Bosh rol
Qalbim oʻgʻrisi Jafar Bosh rol, rejissyor
2010 Muhabbatnoma Shohjahon Bosh rol
Yuzma yuz Qodir Bosh rol
2011 Osiy Banda Farruh Epizod
Nafs Samir Rejissyor
2012 Kelgindi qaynona Behruz Bosh rol
2014 Angel of Death Rossiya, AQSh va Oʻzbekiston filmi
2015 Sotqin Sarvar Bosh rol

Diskografiyasi

Qoʻshiqlari
Yil Nomi Shoir Bastakor Izoh
Ey, yurt
Gʻozal bu dunyo
Sen kechir
Nafs
Yuqori