Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yaxshi tumani — Akmola viloyatining shimoli-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1957-yili tashkil topgan. Maydoni 9,7 ming km². Aholisi 20,274 kishi, oʻrtacha zichligi

Yaxshi (tuman)

Yaxshi tumani
Жақсы ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Yaxshi
Asos solingan sanasi 1957-yil
Akim Qanat Suyundikov
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 20 272
Zichligi 2 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 46,02%
Ruslar - 21,65%
Ukrainlar - 16,13%
Olmonlar - 4,94%
Beloruslar - 2,89%
boshqalar - 8,37%
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 9 700 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 1635
Pochta indeksi 021000-021019
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Yaxshi tumani xaritada
51°59′0″N 67°17′0″E / 51.98333°N 67.28333°E / 51.98333; 67.28333

Yaxshi tumani — Akmola viloyatining shimoli-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1957-yili tashkil topgan. Maydoni 9,7 ming km². Aholisi 20,274 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yaxshi qishlogʻi. Tuman hududi orqali Pavlodar — Astana — Qarataldi (Qartali), Astana — Toʻbil — Qoʻstanoy temir yoʻllari, Astana — Otbosar — Qoʻstanoy, Qiyma — Yaxshi — Ruzaevka avtomobil yoʻllari oʻtadi. Barcha ovul okrug markazlari bilan avtobus aloqasi bor.

Aholisi

Aholisi 20,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)

  • qozoqlar — 11 028 kishi (46,02 %)
  • ruslar — 5 189 kishi (21,65 %)
  • ukrainlar — 3 865 kishi (16,13 %)
  • olmonlar — 1 184 kishi (4,94 %)
  • beloruslar — 692 kishi (2,89 %)
  • tatarlar — 431 kishi (1,80 %)
  • mariylar — 430 kishi (1,79 %)
  • boshqirdlar — 192 kishi (0,80 %)
  • ingushlar — 184 kishi (0,77 %)
  • moldavanlar — 169 kishi (0,71 %)
  • ozarbayjonlar — 104 kishi (0,43 %)
  • udmurtlar — 98 kishi (0,41 %)
  • boshqalari — 397 kishi (1,66 %)
  • Umumiy — 23 963 kishi (100,00 %)

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 — 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm.

Ijtimoiy soha

Tumanda 22 ta maktabgacha boʻlgan bolalar mahkamasi, 1 kasbiy-texnik, 14 ta boshlangʻich, 9 ta toʻliqsiz, 23 ta oʻrta maktab, 19 ta klub va madaniyat uyi, 13 ta kutubxona, tuman markaziy kasalxonasi, 30 ta feldsher-akusherlik punkt, 6 ta shifokorlik ambulatoriya, 2 ta uchaskalik kasalxona faoliyat koʻrsatmoqda (2000). 1955-yildan boshlab tuman roʻznomasi chiqariladi.

Katta qishloqlari

  • Belagʻash qishlogʻi
  • Yesil qishlogʻi
  • Belovodskiy qishlogʻi
  • Janaqima qishlogʻi
  • Yaxshi qishlogʻi
  • Zaporojskiy qishlogʻi
Yuqori