Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻlmas Mamasodiqovich Rasulov (1951-yil, 12-yanvar-2021-yil, 13-sentyabr Surxondaryo viloyati Denov tumani, Tol qishlogʻida tug‘ilgan, Toshkent shahrida vafot e

Oʻlmas Rasulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻlmas Mamasodiqovich Rasulov (1951-yil, 12-yanvar-2021-yil, 13-sentyabr Surxondaryo viloyati Denov tumani, Tol qishlogʻida tug‘ilgan, Toshkent shahrida vafot etgan) – sozanda (gʻijjak, manzur), xonanda va bastakor, Maqomshunos olim. (Shashmaqom bilimdoni). "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" (1993), "Oʻzbekiston xalq artisti" (2005). Buxoro shahar 3- son maxsus ko‘zi ojizlar maktab internati (1958-1967), Buxoro davlat musiqa bilim yurti (1967-1971), Toshkent davlat konservatoriyasi "Xalq cholg‘u asboblari fakulteti" "Sharq kafedrasi" (G‘ijjak ixtisosligi) (1971—1976) Buxoro davlat musiqa bilim yurtida ish faoliyatini boshlagan (1976-1987), Toshkent davlat konservatoriyasi (1987-1994), Buxoro davlat universiteti dotsenti va Maqom kafedrasi mudiri (1994-2002), Hamza nomidagi Respublika musiqa kolleji (2002-yildan)da pedagog, „Zarafshon“ ansamblit sozanda (1987—94), „Oʻzbek-navo“ning Buxoro viloyati boʻlimida badiiy rahbar (1997—2002), „Dutorchi qizlar“ ansambliyasi maslahatchi (2002-yildan), O‘zbekiston Davlat San'at va madaniyat institutida professor (2004-2021) Sozanda repertuaridan Shashma-qom va Fargʻona – Toshkent maqom yoʻllari, oʻzbek xalq („Azim daryo“. „Ende sendek“, „Havoyi Eron“ va boshqalar) va mumtoz („Surnay Miskini“, „Xaroboti Miskin“ kabi) kuylari oʻrin olgan. Xonanda sifatida „Sodirxon Ushshogʻi“, „Sigʻmadim“ (Mashrab gʻazali), „Or yigʻlaydi“ (H.Hudoyberdiyeva) kabi ashu-lalar, Buxoro yoʻllaridan „Zaboniy“, Javoniy", „Gul rezi“ vokal turkumlarini mahorat bilan ijro etgan. „Oypalak“, „Tavois“, „Oʻchayotgan tabas-sum“, „Samo“ kabi cholgʻu kuy, „Soʻramaysan“ (H.Ahmedova sheʼri), „Shiru-shakar“, „Ka-rashma“ (Navoiy, Gʻoziy, Nasimiy), „Magar Navroʻz ila bayram“ (N avoi y), „Nozik muhammas“ (No-zik Bibi Xoʻqandiy) va boshqa ashula hamda turkumlar, shuningdek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom Al Buxoriy, Lavz, Kecha va kunduz, Layli va Majnun video filmlarida kuy va qo‘shiqlar bastalab o‘zi ijro etgan, Umrining soʻnggi yillarida, Moʻgʻulchaiy Toʻlqin (Buxoro Toʻlqiniga Moʻgʻulcha), Qachqarchai Iroqi Buxoriy, kabi ashula yoʻllarida hamda gʻijjak sozi uchun Muhammasi Nabiulloh, "Gʻuluv" kabi goʻzal asaralar bastaladi. Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. ijrolari „Oʻlmas Rasulov chaladi“ gramplastinka (1984) hamda Oʻzteleradio-kompaniyasi fonotekasiga yozilgan. 1-Respublika maqom ijrochilari tanlo-vi gʻolibi (1983). 2021-yil 13-sentyabrda Toshkent shaxrida vafot etgan.

Yuqori