- Vikipediyada ismi Hakim boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
![]() 2021-yil Ziyech Chelsea bilan | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Hakim Ziyech | ||
| Tavallud sanasi | 1993-yil 19-mart | ||
| Tavallud joyi | Dronten, Nederlandiya | ||
| Boʻyi | 1.80 m (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Hujumkor yarim himoyachi, vinger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Wydad AC | ||
| Raqami | 22 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001—2004 | Reaal Dronten | ||
| 2004—2007 | ASV Dronten | ||
| 2007—2012 | Heerenveen | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2012—2014 | Heerenveen | 36 | (11) |
| 2014—2016 | Twente | 68 | (30) |
| 2016—2020 | Ajax | 112 | (38) |
| 2020—2023 | Chelsea | 64 | (6) |
| 2023—2025 | Galatasaray | 23 | (6) |
| 2025 | Al-Duhail | 9 | (1) |
| 2025— | Wydad AC | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012—2013 | Niderlandiya U20 | 3 | (1) |
| 2013—2014 | Niderlandiya U21 | 3 | (2) |
| 2015— | Marokash | 64 | (25) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (22-may uchun) | |||
Hakim Ziyech (1993-yil 19-martda tugʻilgan) – professional futbolchi, Marokashning „Wydad AC“ klubida hujumkor yarim himoyachi va vinger sifatida oʻynaydi. Unga „Ajax“ muhlislari tomonidan „Sehrgar“ laqabi berilgan.
Ziyech oʻzining yakuniy zarbasi, driblingi, kesib uzatiladigan uzatmalari, texnikasi va jarima zarbalarini tepish qobiliyati bilan tanilgan. 2019-yilda u UEFA Chempionlar ligasining 2018-19-yilgi mavsumida eng yaxshi 20 nafar futbolchidan biri sifatida tanlandi. Oʻsha yilning oxirida u TheGuardian jurnalining „Dunyoning 100 ta eng yaxshi futbolchisi“ roʻyxatida 29-oʻrinni egalladi.
Ziyech professional faoliyatini 2012-yilda Gollandiyaning „Heerenveen“ klubida boshlagan va ikki yildan soʻng Gollandiyaning „Twente“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2016-yilda u „Ajax“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi, uning transfer narxi 11 million yevro boʻlgan. 2018-19-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, chunki u Eredivisieda 16 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2020-21-yilgi mavsumda Premer liganing „Chelsi“ klubiga oʻtdi.
Xalqaro maydonda Niderlandiya yoki Marokash terma jamoalarida oʻynash taklifi tushganda u Marokashni tanladi. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va 2019-Afrika Millatlar kubogida Marokashni himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
Heerenveen
Ziyech Niderlandiyaning Dronten shahrida tugʻilgan. 2001-2007-yillar oraligʻida u „Real Dronten“ va „ASV Dronten“ yoshlar akademiyasida oʻynagan. 2007-yilda Heerenveen akademiyasiga qoʻshildi.
2012-yilning 2-avgustida Ziyech Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichining birinchi oʻyinida „Rapid Bukuresti“ga qarshi oʻyinda „Heerenveen“ safida debyut qildi va maydonda 53 daqiqa oʻynaganidan soʻng almashtirildi. U Eredivisiedagi debyutini 10-avgust kuni NECga boʻldi. Ziyech Heerenveen uchun ilk golini 2013-yil 10-avgustda NAC Bredaga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.
Twente
2014-yilning 18-avgustida Ziyech 3,5 million yevro evaziga "Twente"ga koʻchib oʻtib, uch yillik shartnoma imzoladi va 10-raqamli futbolkani oldi. 5-oktyabr kuni Ziyech AZ Alkmaar bilan 2:2 hisobidagi oʻyinda bitta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. 2015-yilning 6-martida Ziyech Willem II bilan 2:2 hisobidagi oʻyinda ikkita gol urdi. 2015-16 yilgi mavsumda Ziyech klub sardori etib saylandi ammo, u 2016-yil yanvar oyi boshida klubga nisbatan hurmatsizlik bildirganligi va omma oldida transferni talab qilganligi uchun sardorlikdan mahrum qilingan. 2015-16-yilgi mavsum Ziyech faoliyatidagi eng sermahsul mavsum boʻldi, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ajax
2016-2018: dastlabki mavsumlar va Yevropa finali
2016-yilning 30-avgustida Ziyech „Ajax“ bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, uning transferi uchun 11 million yevro sarflandi. 15-sentabr kuni Ziyech Yevropa ligasi guruh bosqichining dastlabki oʻyinida „Panatinaikos“ ustidan gʻalaba qozonilgan oʻyinning 79-daqiqasida qizil kartochka oldi. Olti kundan soʻng, 21-sentabr kuni u KNVB kubogida Villem II ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda Ziyech birinchi golini urdi.
Chelsea
2020-21 mavsum

2020-yilning 14-fevralida „Ajax“ va "Chelsi" Ziyechni 40 yevro evaziga transfer qilish boʻyicha kelishuvga erishgani eʼlon qilindi. U 2020-21-yilgi mavsum uchun Premer liga klubiga qoʻshildi. „Chelsi“ Ziyech bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Terma jamoadagi faoliyati
Marokash
U Gollandiyada marokashlik oilada tugʻilgan. U Gollandiya U19 U20, U21 yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Biroq, u milliy terma jamoa yoshiga yetgach Marokashda oʻynashni afzal koʻrdi. U 2015-yilning may oyida AQSH va Latviya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta milliy terma jamoaga chaqiruv olgandi.

Oʻyin uslubi
Ziyech oʻng qanot yarim himoyachisi boʻlib, toʻp bilan juda yaxshi muomala qila oladi.
Ziyech nafaqat jamoadoshiga tez-tez aniq vaziyatlar yaratib beradi, balki raqib himoyachilarini ancha qiyin holatga solib qoʻyadigan xavfli vaziyatlar yarata oladi. U aql bovar qilmaydigan texnika, tezlikka ega, raqibning eʼtiborini bemalol chalgʻitib qoʻyadi va raqib maydoniga kirmasdan, zarba berish imkoniyatini oʻzi uchun yarata oladi.
Yutuqlari
Ajax
- Eredivizion: 2018-19
- KNVB kubogi: 2018-19
- Johan qalqoni: 2019
- UEFA Yevropa ligasi ikkinchi oʻrinchisi: 2016-17
Chelsea
- UEFA Chempionlar ligasi: 2020-21
- UEFA Superkubogi: 2021
- FIFA klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2021
- Angliya kubogi sohibi: 2020-21, 2021-22
- EFL kubogi sohibi: 2021-22
Shaxsiy sovrinlar
- Mars d’Or (Marokashning eng yaxshi futbolchisi): 2016
- Afrikaning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil
- Erediviziyada yilning eng yaxshi jamoasi: 2015-16, 2016-17, 2017-18, 2018-19
- Erediviziyaning eng yaxshi futbolchisi: 2015-16, 2017-18, 2018-19
- SC Heerenveen yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14
- FC Twente yilning eng yaxshi futbolchisi: 2014-15
- AFC Ayaksning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18, 2018-19, 2019-20
- OFK Ayaksning mavsumning eng chiroyli goli: 2019-20
- Gollandiyalik yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18
- Erediviziyada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2018-yil oktabr, 2019-yil
- UEFA Chempionlar ligasining mavsumdagi tarkibi: 2018-19
- Yilning CAF jamoasi: 2019
- IFFHS CAF Yilning erkaklar jamoasi: 2020
- France Football Africa Yil jamoasi: 2018, 2019, 2020
- Goal talqinida Afrikaning yil jamoasi: 2017, 2018, 2019
- Yilning Angliya kubogi jamoasi: 2020-21
- 19-martda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Marokashlik erkak futbolchilar
- SC Heerenveen futbolchilari
- FK Tvente futbolchilari
- AFC Ajax futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Galatasaray S.K. futbolchilari
- Al-Duhail SC futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Marokash milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Qatardagi muhojir erkak futbolchilar
