| Gustav Aleksandr Eyfel | |
|---|---|
| Gustave Alexandre Eiffel | |
![]() | |
| Tavalludi | 15-dekabr 1832-yil Dijon |
| Vafoti | 28-dekabr 1923-yil (91 yoshda) Parij |
| Fuqaroligi | Fransiya |
Eyfel Aleksandr Gyustav (1832.15.12, Dijon 1923.28.12, Parij) — fransuz quruvchi muhandisi. Parijdagi Sanʼat va hunarmandchilik markaziy maktabini tugatgan (1855). Metall konstruksiyalardan foydalanib, koʻpriklar, viaduk va boshqalar inshootlarni loyihalagan va oʻzi boshchiligida qurdirgan [mas, Portuda (Portugaliya) Doru daryosiga qurilgan koʻprik, Bordo, Tarabi, Budapesht vokzalidagi koʻpriklar]. Panama kanali qurilishida faol ishtirok etgan. Uning loyihasi boʻyicha asosan metalldan qurilgan Eyfel minorasi uni jahonga mashhur qiddi. Eiffel 1900-yildan asosan aerodinamika boʻyicha tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan.
- 15-dekabrda tugʻilganlar
- 1832-yilda tugʻilganlar
- Dijonda tugʻilganlar
- 28-dekabrda vafot etganlar
- 1923-yilda vafot etganlar
- Parijda vafot etganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
