Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Haciye Hoşyar Kadın (usmonli turkcha: حاجیه خوشیار قادین‎‎ – „yoqimli maʼshuq“; taxminan"}]],"parts":[{"template":{"target":{"wt":"Circa","href":"./Andoza:Circa

Hoşyar Kadın

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hoşyar Kadın
Vafoti tax. 1859
Makka, Habesh eyaleti, Usmoniylar imperiyasi
Dafn etilgan joy
Turmush oʻrtogʻi
Mahmud II
(turm. 1810; vaf. 1839)
Farzandlari Mihrimah Sulton
Zaynab Sulton
Toʻliq nomi
turkcha: Hacıye Hoşyar Kadın
usmonli turkcha: حاجیه خوشیار قادین
Uy Usmoniylar (nikoh orqali)
Dini Islom, sunniylik

Haciye Hoşyar Kadın (usmonli turkcha: حاجیه خوشیار قادین – „yoqimli maʼshuq“; tax. 1859-yilda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mahmud II ning xotini.

lk hayoti

Hoşyar Kadın sulton Mustafo III ning qizi, sulton Mahmudning amakivachchasi Beyhan Sulton xonadonida taʼlim olgan. Beyhan Sulton uni „maʼnaviy qizim“ deb atagan. Hoşyar uzun boʻyli, sariq sochli, terisi och rangli ayol boʻlgan.

Nikohi

1811-yilda Beyhan Sulton Mahmud uchun ulugʻ bir ziyofat uyushtirdi. Shu ziyofatda Mahmud Hoşyarni xotin qilib olmoqchiligi aytdi. Beyhan uning bu taklifiga rozi boʻldi va oradan bir necha kun oʻtgach, dabdabali marosim uyushtirib, sovchilar va unga mahr sifatida bergan hashamatli tuhfalari bilan saroy haramiga yubordi. Oʻn kun davomida sulton unga nihoyatda eʼtiborli koʻrsatdi.

Hoşyarga „Toʻrtinchi Kadın“ unvoni berildi. Toʻqqiz oydan soʻng, 1812-yil 29-iyunda u oʻzining ilk qizi Mihrimah Sultonni dunyoga keltirdi. Uch yildan soʻng, 1815-yil 18-aprelda tugʻilgan yana bir qizi Zeynab Sulton 1816-yil fevralida oʻn oyligida vafot etdi. Shundan soʻng Hoşyar avval „Uchinchi Kadın“, keyin esa „Ikkinchi Kadın“ martabasiga koʻtarildi.

Mihrimah Sultonga kuyov topish vaqti kelganda Hoşyar tanlovni oʻzi amalga oshirishga qaror qildi. U qiziga bir necha yigitlarning suratlarini koʻrsatdi, ularning har biri Mihrimahga loyiq edi. Mihrimah ular orasidan Said poshoni tanladi va ular 1835-yilda nikoh qildilar.

Mihrimah Sulton bilan turmush qurganidan koʻp oʻtmay, Said posho Mahmudning gʻazabiga uchradi va viloyatlarga surgun qilindi. Shu paytda Hoşyar oʻzining otasiga boʻlgan taʼsiriga ishonch bildirib, bevosita unga murojaat qilishga jurʼat etdi va sultonga xat yoʻlladi. Shundan soʻng Mihrimah Sulton otasiga yana ikki marta, birinchi marta sulton uning iltimosini qondirib, Said poshoni Istanbulga qaytarishni buyurganida, ikkinchi marta esa eri shaharga yetib kelganida minnatdorchilik xati yubordi.

Mihrimah Sulton 1838-yilda tugʻruq paytida vafot etdi va Hoşyar oʻzining yagona farzandidan ham ayrildi. 1839-yilda Sulton Mahmud vafot etgach, Hoşyar ham saroydagi taʼsirini yoʻqotdi.

Bevaligi

Keyingi yillarda Hoşyar Tarlabaşıdagi Dolmabahche saroyiga qaragan saroyida yashay boshladi. U bosh vazir Kıbrıslı Mehmed Emin poshoning rafiqasi Melek xonim bilan tanishdi. Melek uni uzun boʻyli, sochlari och rangli, juda oq terisi yuzining tarovatini yanada boʻrttirib turadigan ayol sifatida taʼriflagan. Melek, shuningdek, Hoşyar noyob aqlga ega boʻlsa-da, hayotining bir xilligi uni zeriktirib qoʻyganini ham taʼkidlagan. Melekning Yevropada boʻlganini bilgan Hoşyar undan nasroniylarning urf-odatlari, shaharlarning qurilishi, bal va teatrlar, saroylar meʼmorchiligi va boshqa minglab masalalar haqida batafsil soʻrab-surishtirgan.

Sulton Abdulmajid I ning onasi Bezmiâlem Sulton unga doimo hasad koʻzi bilan qarardi. Said posho Istanbulda boʻlganida uning Hoşyarning huzuriga oyiga bir martagina kirishiga ham zoʻrgʻa ruxsat berardi.

1840-yilda Hoşyar Kadın Qosimposhodagi Elhac hududida favvora qurdirdi. 1844-yilda esa Burgasda maktab qurish ishlarini moliyalashtirdi. Shuningdek, Hoşyar Kadın masjid ham qurdirgan.

Vafoti

1859-yilda Hoşyar Makka shahriga haj safariga bordi va u yerda „Haciye“ nomiga sazovor boʻldi. Oʻsha yilning oʻzida Makkada vafot etdi va shu yerda dafn qilindi.

Farzandlari

Sulton Mahmud va Hoşyarning 2 qizi boʻlgan:

  • Mihrimah Sulton (1812-yil 10-iyunda Topkapı saroyida tugʻilgan – 1838-yil 3-iyulda Turkiyaning Istanbul shahrida vafot etgan va Naqshidil Sulton maqbarasiga dafn qilingan) bir marta turmush qurgan va bir oʻgʻil koʻrgan.
  • Zaynab Sulton (1815-yil 18-aprelda tugʻilgan – 1816-yil fevralda vafot etgan, Nuri Usmoniya masjidiga dafn qilingan).

Yana qarang

  • Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati
  • Usmoniylar imperiyasi harami

Adabiyotlar


Yuqori