Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oq ilon yoki chipor ilon (Hemorrhois ravergieri) – suvilonsimonlar oilasiga mansub tur. Gavdasining uzunligi 1–1,5 m. Terisi kulrang, baʼzan sargʻish, yashil tu

Oq ilon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oq ilon

Kamayib ketish xavfi ostida (IUCN3.1)
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Turkum: Qurbaqalar
Kenja turkum: Ilonlar
Oila: Suvilonlar
Urugʻ: Hemorrhois
Tur: H. ravergieri
Hemorrhois ravergieri
(Ménétries, 1832-yil)

Oq ilon yoki chipor ilon (Hemorrhois ravergieri) – suvilonsimonlar oilasiga mansub tur. Gavdasining uzunligi 1–1,5 m. Terisi kulrang, baʼzan sargʻish, yashil tusda tovlanadi. Kaltakesaklar, qushlar va kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Kunduzi devor yoriqlarida, toshlar tagida, turli kemiruvchilar inida, baʼzan odam yashaydigan binolarda yashirinib yotadi, ertalab va kechqurun faol. Urgʻochisi iyun va iyul oylarida 5 tadan 20 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan bolasi avgust va sentyabr oylarida ochib chiqadi. Oq ilonlar aprel va may oyida poʻst tashlaydi. Misr, Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston, Kavkazorti, shimoli-gʻarbiy Hindistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda tipik kenja turi uchraydi. Oq ilonlar zaharsiz, bezovta qilinsa, tishlaydi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.


Yuqori