Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Musson oqimlari - musson shamollari taʼsirida okeanlar va dengizlar yuzasida vujudga keladigan oqimlar; 100 m chuqurlikkacha yetadi. Hind okeanining shim. qismi

Musson oqimlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Musson oqimlari - musson shamollari taʼsirida okeanlar va dengizlar yuzasida vujudga keladigan oqimlar; 100 m chuqurlikkacha yetadi. Hind okeanining shim. qismidagi oqim, Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻidagi oqimlar, qisman, Somali oqimi (Afrikaning shim.-sharqiy qirgʻoklarida) eng kuchli Musson oqimlari hisoblanadi. Musson oqimlari ham musson shamollariga oʻxshab qishda Osiyodan Afrika va Avstraliya tomonga, yozda esa qarama-qarshi tomonga yoʻnaladi. Musson oqimlarining tezligi soatiga 1–2 km, suv temperaturasi 25°, 28° boʻladi.

Yuqori