| Shavkat Orifjonovich Alimov | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1945-yil 2-mart Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | fizika va matematika oʻqituvchisi, diplomat |
| Mukofotlari |
|
Shavkat Orifjonovich Alimov (1945-yil 2-mart Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston SSR ) — sovet va oʻzbek fizika-matematika fanlari doktori (1973), matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), professor (1974). Moskva davlat universiteti (MDU)ni tugatgan(1967). MDUda (1974—84) ishlagan, Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida direktor oʻrinbosari (1984-85), Samarqand Davlat Universiteti (1985-1987), Toshkent Davlat Universiteti (1987—1989) rektori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri (1990-91), Toshkent Davlat Universiteti kaf. mudiri (1991-94). Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (1994—95), Oʻzbekiston Respublikasining XXRdagi favqulodda va muxtor elchisi (1995—98), Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va di-plomatiya universitetida prorektor (1998-yildan). Asosiy ilmiy ishlari matematik fizi-kaning xususiy hosilali differensial tenglamalari muammolariga, xususan oʻz-oʻziga qoʻshma elliptik operatorlarning spektral nazariyasiga, differensial va integral tenglamalar muammolariga bagʻishlangan. "Karrali qatorlar va Fu-re integrallari" monografiyasi Ger-maniyada ("Springer Verlag" nashriyoti) ingliz tilida nashr etilgan (1991). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985).
Tarjimayi holi
Shavkat Orifjonovich Alimov 1945-yil 2-martda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Nukus shahrida xizmatchi oilasida tugʻilgan. Dastlab oʻrta maʼlumotni Toshkent shahridagi 88-umumtaʼlim maktabida olgan va oltin medalga bitirgan.
Unvon va mukofotlari
- Lenin Komsomoli mukofoti (1973)
- Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti (1985)
- „Mehnat shuhrati“ ordeni (2019)
- 2-martda tugʻilganlar
- 1945-yilda tugʻilganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Lenin Komsomoli mukofoti sohiblari
- Matematiklar
- Oʻzbekistonning Xitoydagi elchilari
