Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Valentina Vladimirovna Tereshkova (1937-yil, 3-iyun, Yaroslavl viloyati, Maslennikovo qishlogʻi) — rus kosmonavt-uchuvchisi (1963), jahonda 1 ayol kosmonavt. Ni

Valentina Tereshkova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Valentina Tereshkova
Валенти́на Терешко́ва
Tavalludi 6-Mart 1937-yil
Yaroslavl viloyati, Maslennikovo qishlogʻi
Fuqaroligi SSSR →‎ Rossiya
Taʼlimi Nikolay Jukovskiy Akademiyasi
Partiyasi Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi
Turmush oʻrtogʻi 1963 - 1962: Andriyan Nikolayev
? - 1999: Yuliy Shaposhnikov

Valentina Vladimirovna Tereshkova (1937-yil, 3-iyun, Yaroslavl viloyati, Maslennikovo qishlogʻi) — rus kosmonavt-uchuvchisi (1963), jahonda 1 ayol kosmonavt. Nikolay Jukovskiy nomidagi Harbiy Havo muhandislik akademiyasini tugatgan (1969). 1963-yil 16–19 iyunda V.F. Bikovskiy bilan birga "Vostok" kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan. Yer atrofini 48 marta aylanib, 70 soat, 47 min. mobaynida 2 mln. km ga yaqin masofani uchib oʻtgan. Sobiq ittifoq ayollar qoʻmitasi raisi (1968–87). Xalqaro ayollar demokratik federatsiyasi vitseprezidenti (1969-yildan). Chet el mamlakatlari bilan madaniy aloqa va doʻstlik jamiyatlari ittifoqi prezidiumi raisi (1987–92). Rossiya Xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlik markazi rahbari (1994-yildan).

Ijtimoiy faoliyat

2011-yilda u Yaroslavl mintaqaviy roʻyxati boʻyicha "Yagona Rossiya" partiyasidan Rossiya Davlat Dumasiga saylangan. Tereshkova Elena Mizulina, Irina Yarovaya va Andrey Skoch bilan birga nasroniy qadriyatlarini himoya qilish boʻyicha fraksiyalararo deputatlik guruhining a'zosi; bu lavozimda u Rossiya Konstitutsiyasiga oʻzgartirishlar kiritishni qoʻllab-quvvatladi, unga koʻra "Pravoslavlik Rossiyaning milliy va madaniy oʻziga xosligining asosidir". 2011-yil 21 dekabrdan Davlat Dumasining Federal tuzilma va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

Yuqori