| Rashid Malikov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1958-yil 3-iyul SSSR, Moskva |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | aktyor, rejissyor va ssenariynavis |
| Filmlari | „Togʻa“, „Sabot“, „Klinika“ va „Tutqunlik“ |
| Bolalari | 2 |
| Mukofotlari | |
Rashid Malikov – oʻzbek aktyori, rejissyori, ssenariynavisi, „Oʻzbekkino“ badiiy kengashi va Rossiya Kinematograflar gildiyasi aʼzosi. U „Chinor ostidagi duel“ va „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ filmlarida aktyorlik, „Tog‘a“, „Sabot“ va „Tutqunlik“ filmlarida esa rejissyorlik qilgan.
Hayoti
Rashid Malikov 1958-yil 3-iyulda Moskva shahrida shifokorlar oilasida tavallud topgan. Malikovning otasi stomatolog, onasi shifokor boʻlgan. U dastlab, shifokor boʻlishni orzu qilgan va 1975-yil Toshkent tibbiyot institutiga oʻqishga kirgan, 1980-yilda uni tamomlagan. Ammo, u hech qachon tibbiyot sohasida ishlamagan. 1981-1986-yillari Malikov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan. 1985-yil „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ va „Suyunchi“ filmlarida kichik epizodlarni ijro etgan. 1986-yil kinematografiya institutini tugatib, Oʻzbekistonga qaytib kelgan. Uning aktyorlik faoliyati 1979-yilda „Chinor ostidagi duel“ filmidagi „Nortoy“ bosh rolini ijro etishdan boshlangan. 1993-yilda Rashid Malikov AQShda Film in USA dasturi doirasida malaka oshirgan.
Ijodi
1987-yilda Rashid Malikov oʻzi ssenariylashtirgan „Klinika“ badiiy filmiga rejissyorlik qilgan.
2013-yilda Malikov Timofey Tribuntsev, Svetlana Ivanova va Ilya Lyubimov qatnashgan „Jenskiy den“ romantik komediya filmiga rejissyorlik qilgan.
2017-yilda suratga olingan „Sabot“ badiiy filmiga Malikov rejissyorlik qilgan. Film 2018-yil Rossiya xalqaro kinofestivalida taqdim etilgan va moskvalik tomoshabinlarning olqishiga sazovor boʻlgan.
2018-yilda Muhlisa Azizova tomonidan suratga olingan, Rashid Malikov, Abduhamil Sodiqov va Bob Underwoodlar jangari, drama va triller janrlardagi Scorpion filmining ssenariynavislari hisoblanadi.
2021-yilda suratga olingan, drama janriga oid Tutqunlik badiiy filmiga Rashid Malikov bosh rejissyorlik qilgan.
Filmografiyasi
Rejissor
| Yil | Nom | Janr |
|---|---|---|
| 1986 | Pravila xoroshego tona | Qisqa metrajli film |
| 1987 | Klinika | Drama |
| 1989 | Neveroyatniy sluchay | Fantastika, komediya |
| 1991 | Polunochniy blyuz | Melodrama, detektiv |
| 1992 | Tayna paporotnikov | Drama |
| 1992 | Qirq quloq siri | Drama |
| 1997 | Peshiy | Drama |
| 2008 | Konstantinopol | |
| 2008 | Planeta pravoslaviya | Hujjatli film |
| 2009 | Utrenniy veter | |
| 2013 | Jenskiy den | Melodrama, komediya |
| 2014 | Togʻa | |
| 2017 | Svideteli | Detektiv |
| 2018 | Sabot | Drama |
| 2019 | Sumbul | |
| 2021 | Tutqunlik | Drama, jangari, tarixiy film |
| 2024 | Paxta | Drama |
| 2024 | Qariqiz | |
Aktyor
| Yil | Film | Rol | Janr |
|---|---|---|---|
| 1979 | Chinor ostidagi duel | Nortoy | Melodrama |
| 1979 | Loshadi pod lunoy | Oktam | |
| 1980 | Afsonaviy qiz | Abduvahob | Tarixiy film |
| 1982 | Suyunchi | Student | Drama |
| 1984 | Kelinlar qoʻzgʻaloni | Toʻxtasin | Melodrama |
| 1986 | O tom, chego ne bilo | Drama | |
| 1989 | Vojd na odnu smenu | Drama | |
| 1992 | Nulevoy variant | Xodjayev | Jangari film |
| 1997 | Piyoda | Drama | |
| 2002 | Drongo | Jangari film | |
| 2007 | Sogʻinch soxili | Drama | |
Mukofotlari
Rashid Malikov 1986-yil „Pravila xoroshego tona“ qisqa metrajli filmi uchun Moskva yosh kinematograflar festivali mukofotini, 1988-yil „Klinika“ filmi uchun Lenin Komsomoli mukofotini, 1991-yil „Tungi blyuz“ filimi uchun Ashxobod xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2014-yil „Togʻa“ nomli filmi uchun Rossiyadagi „V krugu semi“ xalqaro kinofestivalining bosh mukofotini, 2018-yil „Sabot“ filmi uchun Rossiya kinematografchilari ittifoqining kinoshunoslar va kinotanqidchilar gildiyasi sovrinini, Kinoklublar federatsiyasi diplomini qoʻlga kiritgan. Malikov 2019-yil „Sabot“ filmida rejissyorligi uchun „Eng yaxshi rejissorlik ishi“ nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan. 2022-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni asosida Rashid Malikov „Do‘stlik“ ordeni bilan mukofotlangan.
Rashid Malikovning kinoteatrlarning kelajagi haqida Gazeta.uz muxbiriga bergan intervyusidan:
Mening shaxsiy bashoratim shuki, vaqti kelib kinoteatrlar ommaviy ravishda yopiladi va filmlar Netflix kabi striming platformalariga oʻtadi.
Shaxsiy hayoti
Rashid Malikov ikki farzandning otasi. Ularning biri qiz, biri oʻgʻil.
Adabiyotlar
- Matyakubov X.X. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi. Toshkent: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2021 — 140-bet.
- „Mustaqillik yillari mamlakatimizda kino va milliy qо'shiqchilik sohalarining rivojlanishi“. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti xabarlari. Toshkent: O‘zDSMI. 2021.
- 3-iyulda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbek kinosi
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Moskvada tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar
- O‘zbekiston kinorejissyorlari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar
- Oʻzbekfilm kishilari
- Oʻzbekistonlik ssenariychilar
- Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik kinematografistlar
- Butunrossiya davlat kinematografiya instituti bitiruvchilari
