Kvebek Québec (fransuzcha) | |
|---|---|
| Shahar | |
![]() | |
![]() Bayroq | |
| 46°48′58.00″N 71°13′27.01″W / 46.8161111°N 71.2241694°W | |
| Mamlakat | Kanada |
| Provinsiya | Kvebek |
| Hukumat | |
| • Mer | Bruno Marchand |
| Asos solingan | 1608-yil 3-iyul |
| Maydon | 485.77 km2 (187.56 kv mi) |
| Aholisi (2021) | 549 459 |
| Zichligi | 1210 kishi/km2 |
| Vaqt mintaqasi | UTC-5 |
| Telefon kodi | +1-418 |
| | |
Kvebek (fransuzcha: Québec, talaffuzi: [ke.bɛk]; inglizcha: Quebec, talaffuzi: [kwəˈbɛk] yoki [kəˈbɛk]) – Kanadaning janubi-sharqiy qismidagi shahar; Kvebek provinsiyasining maʼmuriy markazi. San-Lavrentiy daryosining quyilish yerida. Aholisi 549,5 ming kishi (2021); koʻpchiligi kanadalik fransuzlar. Kvebek muhim temir yoʻl tuguni. Yirik dengiz porti (yillik kj ortib-tushirish 1,5 million tonna). Kvebek orqali chetga yogʻoch-taxta, qogʻoz, gʻalla, sut mahsulotlari, asbest chiqariladi. Yogʻoch tilish, sellyuloza-qogʻoz, kemasozlik, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Turistlar koʻp keladi. Laval universiteti, institutlar, Kvebek provinsiyasi muzeyi, universitet muzeyi bor. Meʼmoriy yodgorliklardan XVII–XIX asrlarga oid binolar, San-Lavrentiy daryosiga qurilgan koʻprik va boshqa saqlangan. Shaharga 1608-yilda asos solingan.
Aholisi
|
|
Adabiyotlar
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
- Kanada geografiyasiga oid chala maqolalar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Kvebek
- Kanada shaharlari

