Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ikroma Boltayeva (1916.16.1, Kitob – 1993.21.11, Toshkent) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1956). Pedagogika bilim yurtida (1930—1932), Lohutiy nomidagi Toshken

Ikroma Boltayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ikroma Boltayeva
Tugʻilgan sanasi 16-yanvar 1916-yil
Tugʻilgan joyi Kitob
Vafot sanasi 21-noyabr 1993-yil(1993-11-21)
(77 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Kasbi teatr aktrisasi
Teatr Qashqadaryo teatri, Hamza teatri
Mukofotlari O‘zbekiston SSR xalq artistiHamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofotiMehnat shuhrati ordeni

Ikroma Boltayeva (1916.16.1, Kitob – 1993.21.11, Toshkent) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1956). Pedagogika bilim yurtida (1930—1932), Lohutiy nomidagi Toshkent teatr texnikumida (1933—1934) taʼlim olgan. Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida boshlagan. 1934—1945-yillar Samarqand teatrida ishlab, Qunduz („Togʻ qizi“), Ledi Milford („Makr va muhabbat“), Maysara, Jamila („Maysaraning ishi“, „Boy ila xizmatchi“) kabi obrazlarni yaratgan. 1946-yildan Hamza teatrida. Boltayevaning obrazlari mukammal va tugalligi bilan ajralib turadi. Yuksak aktyorlik mahorati, ifodali nutqi, yorqin maishiy boʻyoqlar vositasida oʻziga xos qaytarilmas obrazlar yaratishga erishdi. Mashhur rollari: Varvara („Momaqaddiroq“), Hafiza, Saltanat, Netayxon, Shakarbuvi („Yangi yer“, „Shohi soʻzana“, „Tobutdan tovush“, „Ayajonlarim“), Dezdemona („Otello“), Nuri („Qutlugʻ qon“), Marhamat („Parvona“), Huriniso, Saodat („Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“), Bashorat, Farmonbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“) va boshqa Kinoda (Halima, „Mahallada duv-duv gap“ va boshqalar) ham rollar ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). 2026-yil 28-mayda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.

Yuqori