Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Xoja Muiniddin Muhammad Husayniy Hasan Sanjariy Ajmiriy Chishtiy (Xuroson shahri, 1142-yil — 1236-yil Hindiston) – chishtiya tariqati murshidi.

Muiniddin Chishtiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xoja Muiniddin Muhammad Husayniy Hasan Sanjariy Ajmiriy Chishtiy (Xuroson shahri, 1142-yil — 1236-yil Hindiston) – chishtiya tariqati murshidi.

Muiniddin Muhammad Chishtiy oʻn besh yoshida otasidan yetim qolgan. Keyin Samarqand, Nishopur, Bagʻdod kabi shaharlarni kezib ikki yil Samarqandda oʻqigan. Buxoro shahrida Mavlono Husomiddin qoʻlida tahsil olgan. Nishopurda chishtiya tariqati murshidi Usmon Horuniyga murid tushgan. Sayohatlari davomida koʻplab olimlar bilan suhbat qilgan. Abduqodir Gʻiloniy, Shihobiddin Umar as-Suhravardiy, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Ahvaduddin Kirmoniy, Abu Said Tabriziy va Nosiriddin Astrabadiylar bilan koʻrishgan. Keyin Hindistonga koʻchib oʻtib oʻsha yerda murshidlik qilgan. Muiniddin Muhammad Chishtiyni „oftobi mulki Hind“ yaʼni „Hind diyorining oftobi“ deya sharaflashadi.

Yuqori