Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Jizzaxda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.

Ruslanbek Jiyanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ruslanbek Jiyanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ruslanbek Muzaffar oʻgʻli Jiyanov
Tavallud sanasi 2001-yil 5-iyun (2001-06-05) (25 yosh)
Tavallud joyi Jizzax Oʻzbekiston
Boʻyi 1,70 sm
Ampluasi Qanot vingeri
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Navbahor
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2018—2020 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020—2021 Paxtakor - (-)
2021—2022 Olimpik 42 (7)
2023— Pari NN 0 (0)
2023   Olimpik 11 (2)
2024—2025   Navbahor 54 (9)
2026— Navbahor 8 (3)
Milliy terma jamoa
2020—2024 Oʻzbekiston U 23 16 (2)
2022— Oʻzbekiston 7 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 22-aprel uchun)

Ruslanbek Jiyanov (2001-yil 5-iyunda Jizzaxda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi, „Navbahor“ klubi va Oʻzbekiston Olimpiya futbol terma jamoasi hujumchisi.

Futbolchilik faoliyati

Ruslanbek Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblabnadi. 2020-yil mavsum soʻnggida yangi tashkil etilgan „Olimpik“ klubi tarkibiga qoʻshildi. Professional futboldagi debyutini Oʻzbekiston Pro ligasida 2021-yilda „Olimpik“ jamoasida oʻtkazgan. Jiyanov „Olimpik“ da 2 mavsum oʻtkazib, 42 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

2023-yilda Rossiyaning „Pari NN“ klubining katta qiziqishiga sabab boʻldi va rus klubiga transferi amalga oshirildi. Yangi klubi bilan shartnomaga koʻra 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtigacha „Olimpik“ jamoasi safida toʻp suradigan boʻldi. 2023-yil 24-iyulda ijara shartnomasi yakunlangacha Jiyanov rus klubi tarkibiga uchib ketdi. Rus klubi tarkibida birorta ham oʻyinda maydonga tushmay, oʻyin amaliyotisiz qolgan Ruslan 2023-yil 31-dekabrda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga bir yillik ijara asosida oʻtdi.

Milliy terma jamoa

Ruslanbek 2020-yildan buyon Oʻzbekiston U 23 terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U 23 terma jamoasi bilan birgalikda Toshkent oʻtgan Osiyo Chempionati U 23 2022 musoboqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kattalar safidagi, Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti 2022-yil Rossiya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda boʻib oʻtdi.

Yutuqlari

  • AFC U-23 Osiyo chempionati 2022: Ikkinchi oʻrin (1)

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yuqori