| Al-Mustansir I | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Xalifa Amir al-Moʻminin | |||||
![]() Al-Mustansirning nomi zarb qilingan dirham | |||||
| Abbosiylar xalifaligining 36-xalifasi Bagʻdodda Abbosiylar xalifaligi | |||||
| Saltanat | 1226-yil 10-iyul – 1242-yil 5-dekabr | ||||
| Oʻtmishdoshi | Az-Zohir | ||||
| Davomchisi | al-Mustaʼsim | ||||
| Tugʻilishi | 1192-yil 17-fevral Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi (hozirgi Iroq) | ||||
| Vafoti | 1242-yil 1-dekabr (50 yoshda Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
| Dafn etilgan joy | Bagʻdod | ||||
| Turmush oʻrtogʻi | Shahan Hajir | ||||
| Farzandlari | Al-Mustaʼsim | ||||
| |||||
| Sulola | Abbosiylar | ||||
| Otasi | Az-Zahir bi-amrulloh | ||||
| Onasi | Zahro | ||||
| Dini | Islom, sunniylik | ||||

Al-Mustansir billoh (arabcha: المنصور المستنصر بالله) (1192-yil 17-fevral – 1242-yil 2-dekabr) – toʻliq ismi Abu Jaʼfar al-Mansur al-Mustansir billoh bin az-Zohir, 1226–1242-yillarda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1226-yilda xalifa az-Zohirdan keyin uning oʻrniga tayinlangan. Al-Mustansir Bagʻdodda hukmronlik qilgan oxirgi xalifaning otasi hisoblanadi.
Hayoti
Al-Mustansir 1192-yilda Bagʻdodda tugʻilgan. Abu Nasr Muhammadning (boʻlajak xalifa az-Zohir) oʻgʻli. Onasi turk millatiga mansub ummu al-valad boʻlgan. Toʻliq ismi Mansur ibn Muhammad az-Zohir, kunyasi Abu Jaʼfar. Al-Boʻlajak xalifa tugʻilgan vaqtda uning otasi hali shahzoda edi. 1225-yilga kelib, az-Zohir taxtga oʻtirgan. U xalifa sifatida hukmronligi davomida Iroqqa qoʻyilgan soliqlar miqdorini pasaytirgan, shuningdek, bosqinlarga qarshi turish uchun kuchli armiya ham tuzgan. Az-Zohir 1226-yil 10-iyulda, taxtga oʻtirganidan 9 oy oʻtib vafot etgan.
1226-yilda otasi vafot etgach, al-Mustansir uning oʻrniga Abbosiylarning 36-xalifasi etib tayinlandi. U, ayniqsa, 1227, 1232, 1234-yillarda Mustansiriya madrasasini (hozirgi al-Mustansiriya universitetining bir qismi) tashkil etgani bilan mashhur. Madrasa oʻsha paytda tibbiyot, matematika, adabiyot, grammatika va islom diniy ilmlari kabi koʻplab fanlarni oʻrgatgan va Bagʻdoddagi nufuzli islomshunoslik markaziga aylangan.

Abbosiylar davrida madrasalar islom tafakkurining tarqalishiga yordam berish uchun asosiy vosita, shuningdek, madrasa asoschisining taqvodor gʻoyalarini kengaytirish yoʻli boʻlib xizmat qilgan.
Erbil hukmdori Muzaffar ad-Din Gökböri erkak merosxoʻrsiz qolgach, Erbilni Abbosiylar xalifasi al-Mustansirga vasiyat qilgan. 1233-yilda Gökborining oʻlimidan soʻng Erbil shahri Abbosiylar nazoratiga oʻtgan.
Al-Mustansir 1242-yil 5-dekabrda vafot etgan. Uning oʻrniga oʻgʻli al-Mustaʼsim Abbosiylar xalifaligining oʻttiz yettinchi va oxirgi xalifasi etib tayinlangan.
Oilasi
Al-Mustansirning Shohon ismli kanizagi bor edi. Shohon yunon millatiga mansub boʻlib, ilgari qoʻmondon Sunqur an-Nosiriyning qizi va qoʻmondon Jamoliddin Baklak an-Nosiriyning rafiqasi Xata xotunning quli boʻlgan. Al-Mustansir taxtga oʻtirganidan soʻng, Xata xotun bir guruh qullarni xalifaga tuhfa tariqasida yuborgan. Ularning orasida Shohon ham bor edi va yuborilganlardan faqat ugina al-Mustansirning suyukli kanizagiga aylangan. Bundan tashqari xalifaning Hojir ismli kanizagi ham boʻlib, u boʻlajak xalifa al-Mustaʼsimni dunyoga keltirgan.
Yana qarang
- Oltinchi salib yurishi (1228–1229), Quddus shahrini musulmonlardan qaytarib olish uchun qilingan harbiy yurish.
Adabiyotlar
- Ushbu matn Uilyam Muirning „Xalifalik: uning yuksalishi, tanazzul va qulashi“ nomli jamoat mulkidan moslashtirilgan.
- Hasan, M. (1998). Islom tarixi: Klassik davr, 571-1258-yillar Islom tarixi. Islom nashrlari. p. 304
- Al-Maqrizi, Al Selouk Lemeʼrefatt Dewall al-Melouk, Dar al-kotob, 1997.
- Morray DW (1994) Ayyubiy taniqli va uning dunyosi: Ibn Al-Adim va Halab uning shahar bilan bogʻlangan odamlarning biografik lugʻatida tasvirlanganidek, Brill. Leyden.ISBN 9004099565ISBN 9004099565
- As-Soiy, Ibn; Toorava, Shavkat M.; Bray, Yuliya (2017). ktạb jhạt ạlạ̉mẗ ạlkạlfạʾ mn ạlḥrạẦr wạlḥmạʾ ạlmsmy̱ nsạʾ ạlkạlfạʾ: Ayollar va Bagʻdod mahkamasi. Arab adabiyoti kutubxonasi.
Al-Mustansir I Banu Hoshim Cadet branch Tavalludi: 1192-yil 17-fevral Vafoti: 1242-yil 5-dekabr | ||
| Sunniylik unvonlari | ||
|---|---|---|
| Oldingisi Az-Zohir | Islom xalifalari Abbosiy xalifalar 1226-iyul – 1242-yil 5-dekabr | Keyingisi Al-Mustaʼsim |
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- Abbosiy xalifalari
- Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari
- XIII asr Abbosiy xalifalari
- 1242-yilda vafot etganlar
- 1192-yilda tugʻilganlar