Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ina (yaponcha: 伊那市, Ina-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart sanasida shaharda oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra, 275

Ina (Nagano)

Ina

伊那市
Shahar
Skyline of Ina
Ina
Bayroq
Ina
Gerb
35°49′39.1″N 137°57′14.3″E / 35.827528°N 137.953972°E / 35.827528; 137.953972
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1-aprel 1889-yil
Maydon 667.93 km2 (257.89 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil mart)
68 177
Zichligi 100 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Ina xaritada
Ina
Ina
Takato qal’asidagi Sakura, Ina

Ina (yaponcha: 伊那市, Ina-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-mart sanasida shaharda oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra, 27587 xonadonda 68.177 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 100 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 667,93 kvadrat kilometr (257,89 mi²) ni tashkil etadi. 2016-yilda sobiq Takato shahri, hozir Inaning bir qismi boʻlib, Yaponiyaning eng goʻzal qishloqlaridan biri sifatida tanlangan.

Geografiyasi

Ina-Shi, Nagano, Japan

Ina shahri janubiy-markaziy Nagano prefekturasida joylashgan. U sharqda Akaishi togʻlari bilan chegaradosh, jumladan Nyukasa togʻi (1955 metr), Nokogiri togʻi (2685 metr), Senjo togʻi (3033 metr) va Shiomi togʻi (3047 metr) shahar atrofini oʻrab turadi. Shahar boʻylab Tenryu daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

  • Nagano prefekturasi
    • Komagane
    • Shiojiri
    • Suva
    • Chino
    • Suva tumani: Fujimi
    • Kamiina tumani: Minova, Minamiminowa, Miyada
    • Shimoina tumani: Oshika
    • Kiso tumani: Kiso (shahar)
  • Yamanashi prefekturasi
    • Minami-Alplari
    • Hokuto
  • Shizuoka prefekturasi
    • Aoi-ku, Shizuoka

Iqlimi

Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Inada oʻrtacha yillik harorat 11.7 °C (53.1 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,454.0 mm (57.24 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24.0 °C (75.2 °F) atrofida va eng past harorati yanvarda, taxminan −0.7 °C (30.7 °F) boʻladi.

Ina (1993−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 15,5 19,3 25,5 29,0 31,8 33,8 37,2 37,2 35,0 30,2 24,3 19,4 37,2
Oʻrtacha maksimal, °C 5,0 6,6 11,1 17,4 22,6 25,3 28,6 30,2 25,8 19,9 13,7 7,8 17,8
Oʻrtacha harorat, °C −0,7 0,4 4,4 10,3 15,9 19,5 23,2 24,0 19,9 13,6 7,2 1,9 11,6
Oʻrtacha minimal, °C −6,2 −5,4 −1,7 3,6 9,8 14,8 18,9 19,5 15,4 8,4 1,6 −3,3 6,3
Mutlaq minimal, °C −17,9 −17,2 −13,6 −12,5 0,3 6,5 12,3 11,2 3,2 −3,5 −7,2 −13,3 −17,9
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 48,9 70,4 121,5 125,1 143,6 185,3 194,5 131,7 169,6 148,7 90,1 57,4 1 454
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi

Tarixi

Hozirgi Ina hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi hisoblangan. Bu hudud Edo davrida Takato domenining bir qismi boʻlgan hamda Ina qal’asini oʻrab turgan jokamachi va Tenryu daryosidagi daryo porti sifatida rivojlangan. Ina qishlogʻi Ina tumani tarkibida munitsipalitetlar tizimini yaratilish vaqtida 1889-yil 1-aprelda tashkil etilgan va 1897-yil 15-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. Ina shahri Tomigata, Misuzu, Tera, Higashiharuchika va Nishiminova (barchasi Kitaiina tumanidan) qishloqlari bilan birlashib, 1954-yil 1-aprelda Ina shahrini tashkil qildi. Ina 1965-yilda Nishiharuchika qishlogʻini ham oʻziga qoʻshib oldi. 2006-yil 31-martda Ina Takato shahri va Hase qishlogʻini (ikkalasi ham Kamiina tumanidan yangi va kengaytirilgan Ina shahrini yaratish uchun) oʻzlashtirib olindi.

Demografiyasi

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Ina aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib qolgan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194060,997    
195072,314+18.6%
196068,691−5.0%
197065,347−4.9%
198067,544+3.4%
199070,639+4.6%
200071,552+1.3%
201071,1−0.6%
202066,125−7.0%

Hukumat

Ina toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 21 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Iqtisodiyoti

Ina iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, guruch, nok, pomidor va sut chorvachiligi uning asosiy tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ishlab chiqarish sektori elektronika va texnika asboblarni oʻz ichiga oladi. Rubycon Corporation, elektron komponentlar kompaniyasining bosh qarorgohi ham shaharda joylashgan.

Taʼlim tizimi

Inada shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 15 ta davlat boshlangʻich maktabi hamda oltita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan uchta davlat yuqori maktabi va bitta xususiy oʻrta maktab bor. Prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan.

Shaharda bitta xalqaro maktab (Colegio Desafio) — Braziliya boshlangʻich maktabi ham mavjud.

Transport

Temir yoʻl

  • Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Iida liniyasi
    • Akagi — Savando — Shimojima — Inashi — Ina-Kita

Magistral yoʻl

  • E50 Nagano tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 152
  • Milliy yoʻnalish 153
  • Milliy yoʻnalish 361

Qardosh shahar munosabatlari

Xalqaro

  • Xitoy — Pekin, Xitoy 1994-yil 22-noyabrdan buyon

Mahalliy

  • Chita, Aichi prefekturasi (1994-yil 7-noyabrdan doʻstlik shahri sifatida eʼlon qilindi)
  • Miyake, Tokyo (1970-yil 21-aprelda ittifoqchi boʻldi)
  • Shinjuku, Tokio (1986-yil 12-iyuldan)
  • Aizuvakamatsu, Fukusima (2004-yil 24-sentyabrdan)
  • Ivanashiro, Fukusima (1994-yil 23-sentyabrdan)
  • Ivata, Shizuoka prefekturasi (1984-yil 1-avgustda ittifoqchi boʻldi)

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

  • Takato qal’asi
Yuqori