- Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Boboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botir Davronovich Boboyev (1914.15.5 — Toshkent — 1984-yil, 11-aprel) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod institutini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942-yildan frontda. 118gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945-yil yanvarda Oborniki qishlogʻida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, oʻz batareyasini dushman roʻparasiga olib chiqib jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet harbiy maʼmuriyatida xizmatni davom ettirdi (1945—1947). Toshkent shahri, Shayxontohur tumani harbiy komissari (1952—1972). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent seksiyasining raisi (1972-yildan) lavozimlarida ishlagan.
- Sovet gvardiyasi
- Polkovniklar (SSSR)
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- 1914-yilda tugʻilganlar
- 1984-yilda vafot etganlar
- 4-noyabrda vafot etganlar
- 15-mayda tugʻilganlar
- Tasvirsiz maqolar
- Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini olgan oʻzbeklar
