| Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1962-yil 10-avgust Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | tarixchi |
| Sohasi | tarix |
| Taʼlimi | Toshkent davlat pedagogika instituti |
| Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
| Ilmiy unvoni | professor |
Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev (1962-yil 10-avgust, Uchqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik tarixchi olim, tarix fanlari doktori (2005), professor (2016). 2025-yil may oyidan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Biografiyasi
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 1962-yil 10-avgust Namangan viloyati, Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tarix fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Faoliyati
1985—1986-yillarda Toshkent shahar 186-sonli maktabda tarix fani oʻqituvchisi, 1986—1988-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1989—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti aspiranti, 1992—1992-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi ilmiy xodimi, 1992—1993-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti „Oʻzbekiston xalqlari tarixi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1993—1996-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti tarix fakulteti tarbiyaviy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari hamda institutning kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1996—2004-yillarda Toshkent davlat pedagogika instituti (1998-yildan universitet) maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha prorektori, 2004—2005-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani, 2005—2009-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi maʼnaviy-axloqiy tarbiya va sport boʻlimi boshligʻi, 2010—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining aʼzosi, 2018—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining raisi, 2019—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentining mudiri lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 2021-yildan 2025-yilga qadar Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimida faoliyat olib borgan. 2025-yil may oyidan Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
Abdugʻaffor Qirgʻizboyev 2005-yilda „Oʻzbekiston Respublikasining Osiyo mamlakatlari bilan xalqaro hamkorligi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, 2016-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
- 10-avgustda tugʻilganlar
- 1962-yilda tugʻilganlar
- Uchqoʻrgʻon tumanida tugʻilganlar
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Toshkent davlat pedagogika universiteti oʻqituvchilari
- Oʻzbek tarixchilari
- Oʻzbekiston professorlari
- Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari
- Tarix fanlari doktorlari
