| Anatoliy Qobulov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 14-fevral 1934-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Vafoti | 31-iyul 2003-yil (69 yoshda) Moskva, Rossiya |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Toshkent teatr va rassomlik instituti |
| Kasbi | Kinorejissyor, aktyor, ssenarist |
| Faoliyat yillari | 1955—1991 |
| Unvoni | Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist |
| Mukofotlari | |
Anatoliy Zuhurovich Qobulov (1934.14.2, Toshkent – 2003.29.7, Moskva) – rejissyor, aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1958—1960-yillar „musiqali drama“ kafedrasini boshqargan. Ayni vaqtda Oʻzbek davlat estradasi bosh rejissyori, Hamza teatrining sahnalashtiruvchi rejissyori sifatida faoliyat yuritgan. Hamza teatrida „Imon“ (I.Sulton), „Olma gullaganda“ (O.Yoqu-bov), „Shubha“ (Uygʻun), „Assalom, yulduzlar“, „Faust va oʻlim“ (Levada) kabi spektakllar, Oʻzbekiston rus drama teatrida „Tosh uy“, Berdaq nomidagi teatrda „Levyanixa orbitada“ spektakllarini sahnalashtirgan. 1964-88 yillar „Oʻzbekfilm“ da rejissyor, 1988—1998-yillarda „Nashtar“ satirik kinojurnalida bosh muharrir, rejissyor, aktyor. 1986—2002-yillar Toshkent sanʼat instituti professor „Uyimga kir“, „Yoz yomgʻiri“, „Sen mening qoʻshigʻimsan“, „Boʻysunmas“, „Jontoy qasa-mi“ kabi badiiy, „Yangi yil bilan“ televizion, „Halima Nosirova“ kabi hujjatli filmlar yaratgan. „Rahim va qoʻngʻiz“, „Dovyurak musiqa“ kabi multiplikatsion filmlarning ssenariysini, „Folbin kim“, „Choʻpon va goʻzal malika haqida ertak“ va boshqa pyesalar yozgan. „Fidoiy“, „Oydin sahifa“, „Chinor“ kabi filmlarda suratga tushgan. Soʻz ustasi sifatida ham faoliyat yuritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).
Mukofotlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist: 1973
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti: 1983
Adabiyotlar
- „Кабулов Анатолий Зухурович“, Режиссёры советского художественного кино, 500 экз, М., 1983 — 37—38-bet.
- 14-fevralda tugʻilganlar
- 1934-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 31-iyulda vafot etganlar
- 2003-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- SSSR ssenariychilari
- Oʻzbekistonlik ssenariychilar
- SSSR rejissyorlari
- Oʻzbekiston rejissyorlari
- Sovet aktyorlari
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
- Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari
- Toshkent teatr instituti oʻqituvchilari
- Hamza nomidagi oʻzbek drama teatri kishilari
- Oʻzbekfilm kishilari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
