Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻilgan Faoliyatini 2005-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ ja

Shahboz Erkinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shahboz Erkinov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shahboz Furqatovich Erkinov
Tavallud sanasi 1986-yil 16-iyul (1986-07-16) (40 yosh)
Tavallud joyi ToshkentOʻzbekiston SSR SSSR
Boʻyi 183 cm (6 ft 0 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2004 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005 Soʻgʻdiyona 18 (4)
2006 Shoʻrtan 20 (6)
2007 Paxtakor 8 (1)
2008 Soʻgʻdiyona 23 (13)
2008—2010 PAS Hamedan F.C. 31 (7)
2010—2011 Shoʻrtan 33 (18)
2012 Paxtakor 15 (2)
2013 Olmaliq 15 (7)
2014—2016 Navbahor 51 (27)
2016 Mashʼal 14 (4)
2016—2017 Nasaf 29 (11)
2018 Buxoro 24 (1)
2019 Qoʻqon 1912 24 (6)
2020—2021 Bunyodkor 43 (8)
2022—2024 Andijon 33 (15)
Total 384 (128)
Milliy terma jamoa
2004—2007 Oʻzbekiston U-20
2007—2009 Oʻzbekiston U-23
2009—2018 Oʻzbekiston 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Shahboz Furqatovich Erkinov — oʻzbekistonlik futbolchi.

Faoliyati

1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻilgan Faoliyatini 2005-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u Eron Pro ligasida PAS Xamadon jamoasida oʻynagan. U 2009-yilda oʻz klubi bilan Koʻrfaz kubogining yarim finaliga chiqdi va Rah Ahan Sorinetga 0:1 hisobida yutqazdi. PAS Xamadon jamoasida ikki mavsum toʻp surgandan soʻng, u „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtdi. 2009-yilgi mavsumda u 9 ta gol urdi va Liga oʻyinlarida eng yaxshi klub toʻpurari boʻldi. U keyingi mavsumda ham 9 ta gol urdi va 10 ta gol bilan Igor Tarandan keyin 2-eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Oʻsha yili Oʻzbekistonga qaytib, „Shoʻrtan“ safiga qoʻshildi. Gʻuzor klubida bir yarim mavsum toʻp surgan va 2012-yilda „Paxtakor“ga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumni „Olmaliq“da oʻtkazgan. 2014-yildan buyon „Navbahor“ futbolchisi.

2014-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U 14 gol bilan ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi va 2014-yilgi Oliy liga mavsumida xet-trik qildi. Erkinov mavsumda ikkita xet-trik qayd etdi. 2014-yil 26-aprel kuni u Liganing 2014-yilgi mavsumdagi ilk xet-trikini amalga oshirdi, „Navbahor“ — „Soʻgʻdiyona“ uchrashuvida 4:2 hisobida yakunlandi. 2014-yilning 12-sentabr kuni „Soʻgʻdiyona“ga qarshi safarda „Soʻgʻdiyona“ning 5:4 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyinda u yana uchta gol urdi. 2014-yilgi mavsum yakuniga koʻra Erkinov Ligada 14 ta gol urdi, bu Liga toʻpurari Artur Gevorkyandan atigi 4 taga kam urga holda ikkinchi boʻldi. 2014-yilgi Oʻzbekiston kubogi bahslarida ham u klub safida 3 ta gol urgan.

2015-yilning 16-may kuni Erkinov „Andijon“ klubiga qarshi ligada safarda oʻyinda ajoyib „qaychi“ uslubida golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Predrag Vuyovichning „Andijon“ darvozasiga urgan goli 2:1 dan keyin „Navbahor“ futbolchilari oʻyinni maydon markazidan boshlashlari kerak edi. Erkinov toʻpni qabul qilib oldi va „Andijon“ darvozaboni Genadie Moșneaga oʻz darvozasidan ancha uzoqda turganini payqab, yarim chiziqdan zarba yoʻlladi va toʻp darvozaga suzib ketdi. Uning bu goli 77-daqiqada 2:2 hisobida kiritildi.

2015-yilgi mavsumda Erkinov yana 13 ta gol bilan Ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2016-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtdi. Muborakliklar safidagi yaxshi oʻyinlari natijasida Qarshining „Nasaf“ jamoasi safiga 2016-yilning yozgi transfer oynasida koʻchib oʻtdi. Qarshiliklar safida bir yarim mavsum harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yil yangi mavsumda Oliy liganing boshqa bir klubi „Qoʻqon 1912“ jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish bildirildi va yangi mavsumni qoʻqonliklar safida boshladi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi va 2 mavsum davomida qaldirgʻochlar safida toʻp surdi. 2022-yilgi mavsumda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi Viktor kumikov tarafidan fiutbolchiga burgutlar safida toʻp surish taklifi berildi va taklifni qabul qilib 2022-yilgi mavsumni „Andijon“ klubi safida oʻtkazdi.

Xalqaro oʻyinlar

Shaxboz Erkinov 2004-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash oʻyinlarida ishtirok etgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ham ishtirok etgan.

U 2009-yilning 28-yanvarida futbol boʻyicha BAA milliy terma jamoasiga qarshi 2011-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan.

Yutuqlar

Klub

Shoʻrtan
  • Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin;: 2010-yil

Individual

  • „Navbahor“ning Ligadagi eng yaxshi toʻpurari (2): 2014, 2015

Faoliyat statistikasi

2026-yil 5-iyun holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Boshqa Osiyo/Yevropa Natija
Dvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Paxtakor 2003 Oʻzbekiston Oliy ligasi 1 0 0 0 1 0
2004 Oʻzbekiston Oliy ligasi 0 0 0 0 0 0
Soʻgʻdiyona 2005 Oʻzbekiston Oliy ligasi 18 5 4 0 19 5
Shoʻrtan 2006 Oʻzbekiston Oliy ligasi 20 6 3 0 23 6
Paxtakor 2007 Oʻzbekiston Oliy ligasi 8 1 2 3 3 1 10 3
Soʻgʻdiyona 2008 Oʻzbekiston Oliy ligasi 23 13 2 1 25 13
PAS Hamedan 2008-09 Eron Pro ligasi 17 5 3 2 20 7
2009-10 Eron Pro ligasi 14 2 1 0 14 2
Umumiy 101 32 15 6 3 1 119 39
Shoʻrtan 2010 Oʻzbekiston Oliy ligasi 13 9 2 1 15 10
2011 Oʻzbekiston Oliy ligasi 20 9 4 2 6 2 30 13
Umumiy 33 18 6 3 6 2 45 23
Paxtakor 2012 Oʻzbekiston Oliy ligasi 15 2 4 1 19 3
Olmaliq 2013 Oʻzbekiston Oliy ligasi 15 7 2 0 17 7
Navbahor 2014 Oʻzbekiston Oliy ligasi 25 14 5 3 30 17
2015 Oʻzbekiston Oliy ligasi 26 13 3 0 29 13
Umumiy 81 36 14 4 95 40
Mashʼal 2016 Oʻzbekiston Oliy ligasi 14 4 2 1 16 5
Nasaf 2016 Oʻzbekiston Oliy ligasi 12 7 4 0 19 7
2017 Oʻzbekiston Oliy ligasi 17 4 5 5 2 1 24 10
Buxoro 2018 Oʻzbekiston Superligasi 24 1 1 2 25 3
Qoʻqon 1912 2019 Oʻzbekiston Superligasi 24 6 1 1 5 2 30 9
Bunyodkor 2020 Oʻzbekiston Superligasi 23 6 1 0 24 6
2021 Oʻzbekiston Superligasi 22 2 5 1 27 3
Andijon 2022 Oʻzbekiston Pro ligasi 22 12 4 3 26 15
2023 Oʻzbekiston Superligasi 11 0 0 0 11 0
Umumiy 169 42 23 13 2 1 194 56
Umumiy faoliyat 384 128 58 26 5 2 11 4 458 160
Yuqori