Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Li Jianbin (talaffuzi: Li Sziyanbin) (1989-yil 19-aprelda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Chengdu Rongcheng jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Li Jianbin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Li Jianbin
李建滨
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Li Jianbin
Tavallud sanasi 1989-yil 19-aprel (1989-04-19) (37 yosh)
Tavallud joyi Binzhou, Shandong, Xitoy
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0.4 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chengdu Rongcheng
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2005 Qingdao Beilaite
2006 Shanghai Stars
2006—2007 Qingdao Hailifeng
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Chengdu Blades 49 (1)
2008—2009 → Sheffield United HK (Ijara) 5 (1)
2012—2014 Guangzhou Evergrande 1 (0)
2013 → Shanghai Shenhua (Ijara) 26 (0)
2014 → Henan Jianye (Ijara) 7 (0)
2015—2018 Shanghai Shenhua 59 (2)
2019—2020 Dalian Professional 17 (1)
2021 Chengdu Rongcheng 9 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Xitoy U–23 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr uchun)

Li Jianbin (talaffuzi: Li Sziyanbin) (1989-yil 19-aprelda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozir Chengdu Rongcheng jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Yoshlik yillari

Li Jianbin futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Qingdao Beilaite yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan va 2006-yilda ikkinchi darajali „Shanhai Stars“ jamoasiga oʻtgan.

Chengdu Blades

Li 2007-yil may oyida ikkinchi divizion vakili Chengdu Blades jamoasiga qoʻshilgan. Li 2009-yil 5-iyulda „Shandong Luneng“ga qarshi liga oʻyinida klub uchun debyut qilgan. Keyinchalik murabbiy Vang Baoshan unga mavsum oxirida liganing yana toʻqqizta oʻyinida maydonga tushishiga ruxsat bergan.

Guanhzhou Evergrand

Li 2011-yilning 26-dekabrida Zhao Xuri, Rong Xao va Peng Xinli bilan birga Guangzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 11-mayida Dalyan Shidega qarshi oʻtkazgan. Li asosiy jamoada oʻzini namoyon qila olmagan va asosan klub uchun zaxira jamoalar ligasida oʻynagan. U 2012-yilgi liga mavsumida „Guangzhou“ safida atigi bir marta oʻyin oʻtkazgan.

Shanghai Shenhua

2014-yilning 4-dekabrida Li „Guangzhou Evergrand“da oʻz oʻrnini topa olmaganidan soʻng Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga transfer qilingan. 2015-yilning 8-martida u „Shanhai Shenhin“ga qarshi oʻyinda (6:2) klub uchun debyut qilgan. U 2016-yilning 3-iyulida „Shanhai“ safidagi ilk golini „Changchun Yatai“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan.

Dalian Professional

2019-yil 13-fevralda Li Dalian Professional jamoasiga oʻtgan. U 2019-yil 3-mart kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati

Li Xitoyning 23-yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish uchun chaqirilgan, u yerda u uchta oʻyinda qatnashgan. Bir necha oy oʻtgach, Li oʻzini koʻrsatgan va Chengdu Blades bilan yuqori pogʻonani qoʻlga kiritgan ajoyib liga mavsumidan soʻng, u tez orada 2011-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik koʻrish uchun Xitoy terma jamoasining dastlabki tarkibiga chaqirilgan. Oldin yuqori darajadagi xalqaro tajribaga ega boʻlmaganiga va ikkinchi darajali jamoada oʻynaganiga qaramay, Li kutilmaganda jamoadoshi Feng Syaoting jarohat olganidan soʻng tarkibga kiritildi va 2011-yil 2-yanvarda Iroqqa qarshi norasmiy xalqaro debyutini oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Chengdu Blades 2008 Xitoy Super Ligasi 0 0 - - - - - - - - 0 0
2009 10 0 - - - - - - - - 10 0
2010 Xitoy Birinchi Ligasi 22 0 - - - - - - - - 22 0
2011 Xitoy Super Ligasi 17 1 0 0 - - - - - - 17 1
Jami 49 1 0 0 0 0 0 0 0 0 49 1
Sheffield United HK (Ijara) 2008—2009 Gon Kong Birinchi Divizioni 5 1 0 0 0 0 - - 2 1 7 2
Guangzhou Evergrande 2012 Xitoy Super Ligasi 1 0 0 0 - - 0 0 0 0 1 0
2014 0 0 0 0 - - 0 0 1 0 1 0
Jami 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 2 0
Shanghai Shenhua (Ijara) 2013 Xitoy Super Ligasi 26 0 1 0 - - - - - - 27 0
Henan Jianye (Ijara) 2014 7 0 1 0 - - - - - - 8 0
Shanghai Shenhua 2015 26 0 7 0 - - - - - - 33 0
2016 19 2 3 0 - - - - - - 22 2
2017 10 0 2 0 - - 0 0 - - 12 0
2018 4 0 0 0 - - 2 0 1 0 7 0
Jami 59 2 12 0 0 0 2 0 1 0 74 2
Dalian Professional 2019 Xitoy Super Ligasi 17 1 2 0 - - - - - - 19 1
2020 0 0 0 0 - - - - - - 0 0
Jami 17 1 2 0 0 0 0 0 0 0 19 1
Chengdu Rongcheng 2021 Xitoy Birinchi Ligasi 9 0 1 0 - - - - 0 0 10 0
Karyerada jami 173 5 17 0 0 0 2 0 4 1 196 6

Yutuqlar

Klub

Guangzhou Evergrand

  • Xitoy Superligasi : 2012-yil
  • Xitoy FA Superkubogi : 2012-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2012-yil
Yuqori