Zangiota majmuasi — Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (15—XX asrlar). Zangiota, Anbar bibi maqbarasi, darvozaxona, Madrasa, masjid, xonaqohshiypon, minora va hovuzdan iborat. Anbar bibi maqbarasi, hovuz, shiypon va darvozaxona alohida qilib qurilgan. Zangiota maqbarasi esa madrasa va masjid bilan yonmayon tushgan boʻlib, hovliga shim.sharq va shim, gʻarbdagi darvozalar orqali oʻtiladi. Minora ham shu hovlining oʻrtarogʻi Zangiota maqbarasiga, masjid va maqbaraga yaqinroq qilib qurilgan. Zangiota maqbarasiga ikki tomoni terakzorli xiyobon orqali boriladi. Majmuaga janubdan qadimgi qabriston tutashgan, uning atrofi devor bilan oʻralgan. Zangiota maqbarasi peshtoqi hovliga qaragan, qolgan uch tomoni esa qabristonga yondosh qilib qurilgan.
Zangiota maqbarasi dastlab 4 xonali (ziyoratxona, goʻrxona va uning ikki yonida kichik xona qodiqlari sa Zangiota Majmuasiqlangan), bezaksiz boʻlgan. Ichki xona devorlari ravokli chorsi asosdan, burchaklaridagi bagʻal sakkiz qirrali, gumbazlari har xil. Darcha va tobadonlar ishlangan. Goʻrxonadagi oq marmar qabrtoshiga nafis oʻyma naqsh va arabiy xatlar bitilgan. Keyinchalik maqbara oldiga peshtoq qurilib koshinkori bezak berilgan. Peshtoq va xonalar tashqi devori, ziyoratxona va goʻrxona poygumbazi sayqallangan Zangiota majmuasidagi minora gʻishtchalar, oʻymakor rangbarang koshinlar bilan bezatilgan. Ichki xona izorasi parchinli, mehrobiga „P“ shaklida koshin va arabiy yozuv bitilgan. Gumbaz osti bezaklari ustiga zarhal berilgan. Peshtogʻidagi namoyon hoshiyalari sopol, sirkor gʻisht va yigʻma koshin terilib, unga sakkiz burchakli turunjlar ishlangan. Maqbara Amir Temur tomonidan qurilganligi (XIV asr 80-yillari) va Ulugʻbek davrida (XV asrning 20-yillari) bezak ishlari bajarilganligi aniklangan. 16—XVII asrlarda peshtoq va gumbazlari taʼmirlangan. Maqbara yoniga bir qavatli Madrasa va namozgoh masjidi qurilgan (1832). Madrasa bir qavatli qator hujra, 2 darvozaxona va 3 yirikroq xona (darsxona)dan iborat. 1870-yilda Zangiota naqbarasi taʼmirlanib, namozgoh masjidining peshayvoni qurilgan. Qoʻqonlik usta hoji Muhammad bezagan. Majmua atrofi obodonlashtirilib, tarixiy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan.
- Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari
- Toshkent viloyati
- Temuriylar maqbaralari
- Toshkent maqbaralari