Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

A kapella (italyancha: „a cappella“) — cholgʻular joʻrligisiz xor tomonidan ijro qilinadigan musiqiy asar.

A kapella

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻgʻil bolalar xori a kapella ijro etmoqda

A kapella (italyancha: „a cappella“) — cholgʻular joʻrligisiz xor tomonidan ijro qilinadigan musiqiy asar.

Tarixi

Yale Whiffenpoofs a kapella guruhi „Bright College Years“ qo‘shig‘ini ijro etmoqda

Professional xor sanʼati uslubi sifatida oʻrta asrlarda katolik cherkovidagi diniy marosimlarda yuzaga kelgan. Niderland maktabi namoyandalari, Italiya kompozitorlari (J. Palestrshsh va boshqalar) ijodida oʻz choʻqqisiga koʻtarilgan. Uygʻonish davridan boshlab kapella uslubi dunyoviy xonandalik sanʼatida, xususan, madrigal turidagi xonaki vokal janrida rivojlandi. Unda inson ovozining boyligi va goʻzalligi toʻla namoyon boʻlgani uchun turli davr kompozitorlarining bu uslubga qiziqishi kuchayib borgan (F. Shubert, I. Brams, B. Bartok, S. Taneyev, G. Sviridov va boshqalar). Mazkur uslubda kuylash bolgar, gruzin, rus, eston va boshqa xalqlar ijodida ham keng tarqalgan.

Oʻzbekistonda 1940-yillardan rivojlanishni boshlagan. A kapella janri asoschisi Mutal Burhonov hisoblanadi. Uning anʼanalarini Oʻrta Osiyo kompozitorlari va oʻzbek kompozitorlaridan Sobir Boboyev, M. Nasimov, Ikrom Akbarov, Botir Umidjonov, Mustafo Bafoyev va boshqalar davom ettirishgan.

Yana qarang

  • Kapella
  • Nashida
Yuqori