- Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Rasulov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Akbarxo‘ja Rasulov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1986-yil 28-sentyabr Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor |
| Boʻyi | 1.74 m |
Akbarxoʻja Rasulov (1986-yil 28-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbek teatr va kino aktyori.
Hayoti
Akbarxoʻja Rasulov 1986-yil 28-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U oilada 4 farzandning kenjasi. Oʻrta maktabni tamomlaganch 2003-yilda Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (hozirgi Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti) estrada aktyorligi fakultetiga davlat granti asosida oʻqishga kiradi va 2007-yilda oʻqishni bitiradi. 2015-yilning 12-oktyabr oyida oila qurgan boʻlib, hozirgi kunda uning bir qiz va oʻgʻil farzandi bor. 2021-yilga kelib esa Turkiyada oʻz biznesini boshlagan.
Faoliyati
Akbarxoʻja Rasulov 1998-yilda „Kelajak tongi“ radiostudiyasida suhandon sifatida ishlagan. Oliy oʻquv yurtini bitirganidan soʻng Toshkent yoshlar teatrida, soʻng 2007–2009-yillarda Bahodir Yoʻldoshev asos solgan „Diydor“ teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Teatrdagi faoliyati davomida „Yulduzli tunlar“, „Vanya amaki – Astrov“ (ruscha: „Дядя Ваня — Астров “), „Ajoyib hikoya“ (ruscha: „Удивительная история“) kabi rollarni ijro etgan.
Uning kinofilmdagi ilk roli „Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi“ filmi boʻlib, undan epizodlarda koʻrinish bergan. Keyinchalik „Yoʻqolgan odam“, „Iblis devori“, „Poyma-poy“, „Kechikkan hayot“, „Sevginator 2“, „Hur qiz“, „Jasur“, „Afgʻon“, „Xiyonat“, „Jigarbandim“, „Taqdirlar“, „Scorpion“, „Ibrat“, „Mendirman Jaloliddin“ kabi filmlarda rol ijro qilgan. Bundan tashqari u Rossiya, Ukraina va Turkiya film va seriallarida ham rol ijro qilgan. Jumladan, Rossiyaning „Razvedchiki. Posledniy boy“ filmida Yulay obrazini, Ukrainaning „Sorokapyatka“ filmida Djalmetov obrazini, Turkiyaning "Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“) tarixiy serialida Chingizxonning yirik sarkardalaridan biri Subutoy obrazini gavdalantirgan.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2021 | Mendirman Jaloliddin | Oʻzloqshoh | Serial |
| 2020 | Ibrat | ||
| "Qurilish Usmon" yoki „Hukmdor Usmon“ (turkcha: „Kurulush Osman“) | Subutoy | Turkiya tarixiy seriali | |
| 2019 | Avto sarguzashtlar | Dublyajda ishtiro etgan | |
| 2018 | Scorpion | ||
| Mednoe solnse | |||
| 2017 | Nazira | Shokir, Nazirning katta oʻgʻli | Bosh rol |
| Oh, Salima, Salima! | |||
| 2016 | Ustyurtga yoʻl | Hujjatli film | |
| Qizlarning jahli chiqdi | |||
| Virus | |||
| 2015 | Aka | ||
| Hayotda... | |||
| 2014 | Delo Batagami | haydovchi | |
| Katta hovli | |||
| 2012 | Xiyonat | Bosh rol | |
| Jasur | Sardor, avtobusdagi yoʻlovchi | ||
| Taqdirlar | Sarvar, bankning bosh direktori | Bosh rol | |
| Jigarbandim | |||
| Dunyo | |||
| 2011 | Hur qiz | ||
| Afgʻon | Akbar, raisning oʻgʻli | ||
| 2010 | Sevginator 2: Qaynona operatsiyasi | ||
| Oxotniki za karavanami | Saidov | ||
| Kechikkan hayot | |||
| 2009 | Sled salamandri | Epizod | |
| Poyma-poy | Zafar, Shohruhning akasi | ||
| 2008 | Iblis devori | Rahmatning katta oʻgʻli, ichki ishlar hodimi | |
| Sorokapyatka | Djalmetov | Ukraina film | |
| Razvedchiki. Posledniy boy | Yulay, aygʻoqchi | ||
| 2007 | Panoh | ||
| Yoʻqolgan odam | Karim, Davronning doʻsti | ||
| Zastava | Epizod | ||
| 2006 | Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi | Epizod, Rossiya va Oʻzbekiston filmi | |
| 2002 | Cinedictum | Bolakay |
- 28-sentyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha aktyorlar
- Oʻzbekistonlik aktyorlar
