Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Fabiano Luigi Caruana ( italyancha: Fabiano Luigi Caruana ; tugʻ. 1992-yil 30-iyul, Mayami, Florida, AQSH ) — asli italyan boʻlgan amerikalik shaxmatchi, xalqar

Fabiano Karuana

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Fabiano Caruana
Fabiano Luigi Caruana

Fabiano, 2025
Tugʻilgan sanasi: 30-iyul 1992-yil
Tugʻilgan joyi: Mayami, Florida AQSH
Yashash joyi:  Italiya (2005—2015)
 AQSh (1992-2005-yillar va 2015-yildan soʻng)
Unvoni: Grossmeyster GM (2007)
Xalqaro master MM (2006)
Maksimal reytingi: 2844 (oktabr 2014)
Hozirgi reytingi : 2521

Fabiano Luigi Caruana ( italyancha: Fabiano Luigi Caruana ; tugʻ. 1992-yil 30-iyul, Mayami, Florida, AQSH ) — asli italyan boʻlgan amerikalik shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (2007 ).

Biografiyasi

1992-yil 30-iyulda Mayamida tugʻilgan, toʻrt yoshida ota-onasi - Lu va Santina Karuana bilan Nyu-Yorkka koʻchib oʻtishgan.

Karuana besh yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan va olti oy oʻtgach, shaxmat turnirlarida birinchi oʻyinini oʻtkazgan. Sakkiz yoshdan oʻn ikki yoshigacha grossmeyster Miron Sher qoʻl ostida tahsil olgan.

12 yoshga toʻlganda ya'ni 2004-yil noyabrda uning oilasi Madridga koʻchib oʻtdi va u yerda Boris Zlotnik murabbiyligi ostida mashgʻulotlarni boshladi. 12 yoshida u Xalqaro shaxmat federatsiyasi ( FIDE) ustasi unvoniga sazavor boʻldi.

2007-yilda oilasi Budapeshtga koʻchib oʻtdi va u yerda Aleksandr Chernin bilan mashgʻulotlarini davom ettirdi. Unga Aleksandr Belyavskiy va Yuriy Razuvaev kabi mashhur grossmeysterlar yordam berishdi. Soʻnggi ikki yilda unga Vladimir Chuchelov murabbiylik qildi.

Shaxmat faoliyati

Fabiano toʻrt karra Italiya chempioniligiga sazovor boʻlgan (2007, 2008, 2010, 2011). U 15 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor boʻldi, bu shaxmat tarixidagi eng yaxshi koʻrsatkichlardan biri, ayniqsa Italiya va AQSh uchun 2014-yil noyabrigacha milliy rekord boʻlgan (keyin uning AQShda rekord Samuel Sevyan tomonidan yangilandi).

Karuana Flissingen (2007), Veyk an Zee (C turniri, 2008) va Veyk an Zee (B turniri, 2009) turnirlari gʻolibi boʻldi. 2009-yilgi FIDE Jahon chempionatida u Vugar Gashimovga yutqazib, 4-bosqichga chiqdi.

Biel-2010 xalqaro shaxmat festivali, 2012 va 2014-yillarda Dortmundda o‘tkazilgan shaxmat turniri g‘olibi boʻldi. 2013-yilgi Syurix turnirida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Jahon chempionlari: Mixail Chigorin (2013-yil 27-fevraldan), Evgenio Torre va Efim Bogolyubov ramziy klublari a'zosi.

2014-yil sentyabr oyida Sent-Luisdagi superturnirdagi yorqin g‘alabadan so‘ng (10 ochkodan 8½ ochko, turnir boshida ketma-ket 7 ta g‘alaba) Elo reytingi tarixidagi uchinchi pogʻonani qo‘lga kiritdi – 2836. 2014-yil oktyabr oyida uning rayting koʻrsatkichi 2844 yetdi.

2016-yilning 25-aprelida Fabiano birorta ham mag‘lubiyatga uchramay, 11 balldan 8½ ochko to‘plagan holda shaxmat bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar chempioni bo‘ldi.

Karuana 2017-yilgi shaxmat boʻyicha Jahon kubogining dastlabki bosqichida Yevgeniy Najerga yutqazib qoʻydi. Magʻlubiyatga qaramay, shaxmat boʻyicha nomzodlar turniri 2018 turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, chunki turnir vaqtida uning reyting koʻrsatkichi 2784 edi.

2018-yil iyun oyida u Norvegiyaning Stavanger shahrida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha super turnirda 8 balldan 5 ochko to‘plab g‘oliblikka erishti.

U 2018-yil mart oyida Berlinda boʻlib oʻtgan shaxmatga nomzodlar turnirida gʻolib chiqdi (14 balldan 9 ball), buning natijasida u 2018-yilgi shaxmat boʻyicha jahon chempionatining amaldagi chempioni Magnus Karlsen bilan oʻyinda oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. Uchrashuv Londonda boʻlib oʻtdi, 12 ta durang (jahon chempionatlari tarixida birinchi marta), tay-brekdagi keyingi uchta oʻyinda magʻlub boʻldi.

2020-yil yanvar oyida u Veyk-an-Zi dagi asosiy turnir ( Tata Steel Masters ) g‘olibiga aylandi.

Sportdagi natijalari

Yil Shahar Turnir + = Natija Joy
2011-yil Peruja 71-Italiya chempionati 9 0 2 11 dan 10 1
2013-yil Veyk an Zee 75-xalqaro turnir 2 5 6 13 dan 5 12
2014-yil Veyk an Zee 76-xalqaro turnir 4 3 4 13 dan 6 4-6
Sent-Luis Sent-Luis 2014-yil 7 0 3 10 dan 8½ 1
2016-yil Moskva Nomzodlar turniri 2 1 11 14 dan 7½ 2-3
Sent-Luis AQSh chempionati 6 0 5 11 dan 8½ 1
2018 Veyk an Zee 80-xalqaro turnir 1 4 8 13 dan 5 11
Berlin Nomzodlar turniri 5 1 8 14 dan 9 1
Baden Baden Baden-Baden 2018 4 0 5 9 dan 6½ 1
Stavanger 6-xalqaro turnir 3 1 4 8 dan 5 1
Sent-Luis Sent-Luis 2018 2 0 7 9 dan 5½ 1-3
2020 Sent-Luis 82-xalqaro turnir 7 0 6 13 dan 10 1

Reyting oʻzgarishi

Elo oʻzgarishi

Eslatmalar

  1. Fabiano Caruana – youngest US and Italian GM in history
  2. Fabiano Caruana
  3. „FIDE Player transfers Transfers in 2005“. 2018-yil 28-martda asl nusxadan . Qaraldi: 2018-yil 28-mart.
  4. „FIDE Player transfers Transfers in 2015“. // FIDE. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan . Qaraldi: 2015-yil 26-iyun.
  5. „Многоклеточный. 22-летний воспитанник советской шахматной школы произвел фурор на уникальном турнире: Другие летние: Спорт: Lenta.ru“. Lenta.ru. 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan . Qaraldi: 2014-yil 11-sentyabr.
  6. „Клуб Михаила Чигорина“. 2022-yil 11-martda asl nusxadan . Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  7. „Американский шахматист Каруана стал победителем супертурнира в Норвегии“ (ru). ТАСС. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan . Qaraldi: 2018-yil 8-iyun.
  8. „Архивированная копия“. 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan . Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  9. FIDE ro‘yxatlari bo‘yicha Elo reytingi. Manbalar: fide.com, benoni.de, olimpbase.org
Yuqori