| Xazonrezgi | |
|---|---|
![]() Film posteri | |
| Rejissyor(lar) | Zulfiqor Musoqov |
| Ssenariy muallif(lar)i | Zulfiqor Musoqov |
| Rollarda | Feruza Saidova Baxtiyor Rahimov Husnora Hojimurodova Bahriddin Abdullayev Shahzoda Matchonova Bobur Yoʻldoshev Munavvara Abdullayeva |
| Bastakor(lar) | Mariya Musoqova |
| Postanovkachi rassom(lar) | Fazliddin Turdiyev |
| Studiya | Oʻzbekfilm |
| Premyera sanasi |
|
| Davomiylik | 90 daqiqa |
| Mamlakat | |
| Til | oʻzbekcha |
Xazonrezgi — rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan tasvirga olingan badiiy film. Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan Oʻzbekfilm kinostudiyasida ishlab chiqarilgan. Filmda 1980-yillardagi oʻzbek xalqi hayoti, qiyinchiliklar va gʻam-tashvishlar hamda afgʻon urushi voqealari yoritilgan.
Rollarda
| Aktyor | Rol |
|---|---|
| Baxtiyor Rahimov | Qurbon |
| Feruza Saidova | Lola |
| Bahriddin Abdullayev | Qurbon (yoshligi) |
| Husnora Hojimurodova | Lola (yoshligi) |
| Shahzoda Matchonova | Shahlo |
| Kamoliddin Karimov | Dilshod |
| Ominaxon Chavandozova | Gulnora |
| Bobur Yoʻldoshev | Yoqub |
| Munavvara Abdullayeva | Mehri xola |
Bosh qahramonni gavdalantirgan Bahriddin Abdullayev filmda oʻzining ilk rolini ijro etgan. Husnora Hojimurodova ham birinchi marta asosiy obraz rolini oʻynagan.
Mukofotlari
Film „MDH va Boltiqbo‘yi davlatlarining eng yaxshi filmi“ toifasida Rossiya kinomatografiya akademiyasining „Nika“ mukofotiga nomzodlik qilgan.
Shuningdek, Qirg‘izistonning „Ak ilbirs-2017“ Milliy mukofoti uchun uch nominatsiyada nomzod qilib koʻrsatilgan. Taqdirlash marosimida bosh rolni oʻynagan Feruza Saidova „Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi“ sifatida taqdirlangan.
- 2016-yil filmlari
- Oʻzbek tilidagi filmlar
- Zulfiqor Musoqov filmlari
