Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Paul Gardner Allen (talaffuzi: Pol Gardner Allen; 1953-yil 21-yanvar — 2018-yil 15-oktyabr) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor va filantropdir. 1975-

Paul Allen

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Paul Allen

Allen 2013-yilda
Tavalludi
Paul Gardner Allen

21-yanvar 1953-yil
Seattle, Vashington, AQSh
Vafoti 15-oktyabr 2018-yil(2018-10-15)
(65 yoshda)
Seattle, Vashington, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Kasbi
  • Investor
  • ishbilarmon
  • filantrop
Otasi Kenneth S. Allen
Veb-sayti paulallen.com

Paul Gardner Allen (talaffuzi: Pol Gardner Allen; 1953-yil 21-yanvar — 2018-yil 15-oktyabr) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor va filantropdir. 1975-yili bolalikdagi doʻsti Bill Gates bilan birgalikda hozir jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoft korporatsiyasiga asos solgan. Forbes jurnalining 2018-yilgi maʼlumotlariga koʻra, Allen dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida 44-oʻrinni egallagan. Uning boyligi oʻsha paytda $20,3 milliard dollarga baholangan.

2009-yilda Allenga Hodgkin boʻlmagan limfoma tashxisi qoʻyilgan. 2018-yilning 15-oktyabrida 65 yoshida septik shokdan vafot etgan.

Yuqori