| Zab jangi | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||||
| |||||||||
Zab jangi (arabcha: معركة الزاب), shuningdek, ilmiy manabalarda Buyuk Zab daryosi jangi deb ham ataladi, 750-yil 25-yanvarda hozirgi Iroq hududida joylashgan Buyuk Zab daryosi boʻyida boʻlib oʻtgan. Ushbu jang Umaviylar xalifaligiga yakun yasab, 750-yildan 1517-yilga qadar hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifaligiga asos solgan.
Tarixi
747-yilda Umaviylar xalifaligiga qarshi yirik qoʻzgʻolon koʻtarildi. Qoʻzgʻolonning asosiy sababi xalifalikning chekka hududlarida yashovchi xalqlar va Damashqdagi Umaviylar hukumati oʻrtasidagi tobora chuqurlashib borayotgan tafovut edi. Umaviylar tomonidan tayinlangan viloyat hokimlari korrupsiyaga botgan, faqat shaxsiy manfaatlarini koʻzlar edi. Bundan tashqari, Umaviylar payg'ambar Muhammad naslidan emas edi, Abbosiylar nasli esa paygʻambarning amakisi Abbos orqali Muhammadga bogʻlanar edi. Aynan shu nars inqilob davomida Abbosiylar tomonidan keng targʻib qilingan.
Armiyalar
750-yilda Umaviylar xalifasi Marvon II qoʻshini Abbosiylar, shialar, xorijiylar va iroqliklardan iborat birlashgan kuchlarga qarshi jang qildi. Marvonning qoʻshini yozma maʼlumotlarda raqibnikidan ancha yirik va kuchliroq edi, chunki uning tarkibida Vizantiya imperiyasiga qarshi avvalgi Umaviylar yurishlarida qatnashgan koʻplab tajribali askarlar bor edi. Umaviylar qoʻshini son jihatidan katta va tajribali boʻlishiga qaramay, askarlarning aksariyati xalifa Marvon II ga chin dildan sodiq emasdi. Qoʻzgʻolon davomida ketma-ket magʻlubiyatlar tufayli Umaviylar ruhi susaygan, Abbosiylar armiyasining esa, aksincha, koʻtarilgandi.
Jang
Abbosiylar qoʻshini nayzali devor taktikasi – yaʼni jang maydonida saf tortib, nayzalarni dushmanga qarata tutish usulini qoʻlladi. Bu uslubni ular ilgari janglarda kuzatgan holda Umaviylardan oʻzlashtirgan boʻlishlari mumkin. Umaviylar otliq qoʻshini oʻz tajribasiga tayanib, bu devorni yorib oʻtishga qodir ekaniga ishongan holda hujumga oʻtdi. Biroq bu ularning katta xatosiga aylandi, otliq askarlar deyarli butunlay qirgʻin qilindi. Umaviylar armiyasi orqaga chekina boshladi, ularning ruhiyati butunlay yemirildi. Koʻplab askarlar Abbosiylarning qirgʻinbarod hujumlarida halok boʻldi yoki qish faslida sovuq Zab daryosida choʻkib ketdi.
Oqibati
Marvon II ning oʻzi jang maydonidan qochib qutulishga muvaffaq boʻlib, Levant (Sharqiy Oʻrta yer dengizi sohili) boʻylab janubga qochgan. Xalifa Abbosiylar tomonidan tinimsiz taʼqibga uchragan. Marvon oxir-oqibat Misrning Nil deltasida joylashgan Abusir (yoki Busir) nomli kichik shaharchaga yetib borgan. Jangdan bir necha oy oʻtib, aynan shu yerda qisqa jangda oʻldirilgan, uning oʻlimidan keyin xalifalik taxtiga 750–754-yillarda hukmronlik qilgan Saffoh oʻtirgan. Shu tariqa Yaqin Sharqdagi Umaviylar hukmronligiga yakun yasalgan.
Yana qarang
Adabiyotlar
- Bosworth, C. E., ed (1995). "Ṣāliḥ b. ʿAlī". Encyclopaedia of Islam. Volume VIII: Ned–Sam (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 985. ISBN 978-90-04-09834-3. http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-2/salih-b-ali-SIM_6538.
- Zetterstéen, K.V. (1987). "ʿAbd Allāh b. ʿAlī". in Houtsma, Martijn Theodoor. E.J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936, Volume I: A–Bābā Beg. Leiden: Brill. 22–23 b. ISBN 90-04-08265-4. https://books.google.com/books?id=GEl6N2tQeawC.
- Urushlar
- Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar
- 750