Arifmetik uchburchak — binomial koeffitsiyentlardan (qarang Binom) iborat sonlarning uchburchakli jadvali. Yon tomonlarida birliklar turadi, undagi har bir sonni shu son ustida turgan ikkita sonni qoʻshib hosil etiladi. Arifmetik uchburchak Paskalning „Arifmetik uchburchak haqida risola“ nomli kitobida (1665) uchragani uchun uni koʻpincha Paskal uchburchagi deb yuritishadi. Arifmetik uchburchak Xitoyda 1303-yil maʼlum boʻlgan. Germaniyada 1544 I. Shtifel asarlarida uchraydi. Hindistonda shoir Pintala (miloddan avvalgi II asr) poeziyaning baʼzi masalalarini hal qilishda Arifmetik uchburchakdan foydalangan. Shunga koʻra, Arifmetik uchburchak turli mamlakatlarda turlicha atalib kelgan: Germaniyada uni Shtifel uchburchagi, Italiyada Tartalya uchburchagi deb yuritishgan. Bizda esa uni Umar Xayyom uchburchagi deb atash toʻgʻriroq boʻlar edi, chunki Arifmetik uchburchak Umar Xayyom asarlarida uchraydi.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |