- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Qosimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Jahongir Qosimov | |
|---|---|
| Tavalludi | 1958-yil 2-dekabr Toshkent, Oʻzbekiston |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti |
| Kasbi | Kinorejissor, ssenariy muallifi |
| Faoliyat yillari | 1976—hozirgacha |
| Millati | Oʻzbek |
| Turmush oʻrtogʻi | uylangan |
| Bolalari | 3 ta |
| Mukofotlari | „Oltin ritsar“, „Kumush ritsar“ |
Jahongir Qosimov (1958-yil 2-dekabr, Toshkent) – oʻzbek rejissyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
Taʼlim
1984-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. 1977—1979-yillarda Harbiy xizmat oʻtagan.
Mehnat faoliyati
1976-yildan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. 1984—2005-yillarda „Oʻzteleradio kompaniya“ tizimida rejissyor, bosh direktor, eng yuqori toifali rejissyor sifatida ishlagan. „Oʻzteleradio kompaniyasi“ da ishlagan yillarida oʻnlab televizion dasturlar, videofilmlar tayyorlagan. 2004-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida „Dev bilan pakana“, 2007-yilda „18 Kvadrat“, 2009-yilda „Suv oqalab“ toʻliq metrajli badiiy filmlarini suratga olgan. „Oʻzbekkino“da bosh direktor oʻrinbosari, kino-rejissyor. Ingliz, nemis va rus tillarini biladi.
Oilasi
Oilali, uch farzandi bor.
Mukofotlar
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2005). 2007-yil – „18 kvadrat“ – rejissyor (Moskvadagi „Oltin ritsar“ KFDA Rossiya milliy terrorizmga qarshi qoʻmitasining maxsus mukofoti).
XIX „Oltin ritsar“ xalqaro kinoforumi, (26-may, 2-iyun) „Kumush ritsar“ filmi „Suv“ filmiga Jahongir Qosimov (Oʻzbekiston) tomonidan 2010-yilda taqdim etilgan.
- 2-dekabrda tugʻilganlar
- 1958-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha rejissyorlar
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar
- Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari