| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqmoʻla viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Makinsk |
| Asos solingan sanasi | 1930-yil |
| Akim | Balpan Murat Sagʻatovich |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2013) | 34,768 |
| Zichligi | 5,4 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Ruslar - 44,80% Qozoqlar - 35,19% Olmonlar - 6,24% Ukrainlar - 4,82% Ingushlar - 2,29% Beloruslar - 1,78% Tatarlar - 1,51% boshqalar - 3,37% |
| Dinlar tarkibi | xristianlar, musulmonlar |
| Maydoni | 6 400 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 71646 |
| Pochta indeksi | 020500-020513 |
| Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
| Rasmiy sayti | http://astrahan.akmol.kz/a/42/open/index.html |
| Xaritada | |
![]() | |
| 52°37′45″N 70°25′1″E / 52.62917°N 70.41694°E | |
Bulandi tumani — Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. Tuman 1930-yili Makinskiy tumani nomi bilan tashkil topgan. Aholisi 34,768 kishi (2013). Maydoni 6 400 km². Tumanning maʼmuriy markazi — Makinsk shahri.
Geografiyasi
Tuman Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. Shimoliy tomonidan Burabay, shimoli-sharqidan Yenbekshilder, sharqidan Oqkoʻl, janubida Astraxan, janubi-gʻarbida Otbosar, gʻarbida Sandiqtau tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali 343,7 km avtomobil yoʻli oʻtadi, uning 31 km respublika, 110 km viloyat, 202,7 km tuman ahamiyatiga egadir. Olmaota — Ostona — Petropavlovsk temir yoʻli va Ostona — Koʻkchatov avtomobil yoʻli oʻtadi.
Aholisi
Tuman aholisining soni 36 638 kishi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 7,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
- ruslar — 16 426 kishi (44,80 %)
- qozoqlar — 12 903 kishi (35,19 %)
- olmonlar — 2 289 kishi (6,24 %)
- ukrainlar — 1 767 kishi (4,82 %)
- ingushlar — 839 kishi (2,29 %)
- beloruslar — 653 kishi (1,78 %)
- tatarlar — 554 kishi (1,51 %)
- polyaklar — 192 kishi (0,52 %)
- armanlar — 174 kishi (0,47 %)
- boshqalari — 871 kishi (2,38 %)
- Umumiy — 36 668 kishi (100,00 %)
Tarixi
1936-yili 29-iyulda Shimoliy Qozogʻiston viloyatining, 1939-yili 14-oktyabrda Oqmoʻla viloyatining tarkibiga kirdi. 1957-yili tuman markazi Voznesenka qishlogʻidan Makinsk shahriga koʻchirildi. 1963-yili yanvar oyida tuman parchalinib, 1964-yili qaytadan tashkillashtirildi. 1997-yili 14-noyabrdan boshlab Bulandi tumani boʻlib nomlanmoqda. Tuman markazi — Makinsk shahri, 1914-yili qishloq mavqei bilan tashkil topib, 1945-yili tuman ahamiyatiga ega shahar maqomi berildi.
Katta qishloqlari
- Oynakoʻl qishlogʻi
- Amangeldi qishlogʻi
- Voznesen qishlogʻi
- Danilov qishlogʻi
- Yerkoʻl qishlogʻi
- Juravlev qishlogʻi
Ijtimoiy soha
Tumanda 14 ta klub, 30 ta kutubxona, 40 dan ziyod umumiy bilim beruvchi maktablar (ikkitasi maktab-bola bogʻcha), musiqa maktabi, bolabogʻchalar, kasbiy-texnik uchilish, 30 ta tarixiy obidalar, 5 ta monument bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, shifoxona, 8 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar, tez yordam statsionarlar, 3 ta feldsher-akusherlik, 24 ta feldsherlik punktlar xalqqa xizmat qilmoqda. Qozoq tilida „Bulandi tani“ va rus tilida „Vesti Bulandi“ ijtimoiy-siyosiy gazetalari chiqariladi.
- Qozogʻiston tumanlari
