| |||||||
| Tashkil topgan | 2003-yil 30-iyul | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Baza aeroporti | Kobul aeroporti | ||||||
| Qoʻshimcha havo tuguni | Mozori Sharif xalqaro aeroporti | ||||||
| Tez uchish dasturlari | Orange Miles | ||||||
| Park hududi | 8 | ||||||
| Parvoz yoʻnalishlari | 16 | ||||||
| Bosh qarorgohi | Kobul, Afgʻoniston | ||||||
| Muhim shaxslar | Zmaray Kamgar (Asoschi & Rais) Ravil Aksianov (CEO) | ||||||
| Xodimlar soni | 1,200+ | ||||||
| Sayti | kamair.com | ||||||
Kam Air – Afgʻonistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi hisoblanadi. 2003-yilda tashkil etilgan Kam Air oʻn ikkita samolyoti va 1200 dan ortiq xodimga ega boʻlib, butun Afgʻoniston boʻylab muntazam ichki yoʻlovchilar hamda Markaziy, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi yoʻnalishlarga xalqaro qatnovlarni amalga oshiradi. Kobul aeroportida oʻzining habiga ega.
Tarixi
Kam Air Afgʻonistonda tashkil etilgan birinchi xususiy aviakompaniya boʻlib, mahalliy ishbilarmon Zamarai Kamgarga tegishli Kamgar Group egalik qiladi. Kam Airning Operator sertifikati (AOC Nr. 001) 2003-yil avgust oyida Afgʻoniston Transport va fuqaro aviatsiyasi vazirligi tomonidan berilgan. Kam Airga Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) tomonidan uch harfli aviakompaniya kodi, KMF, Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) tomonidan ikki harfli kod, RQ va moliyaviy kod 384 berilgan.
Kam Airning birinchi parvozi 2003-yilning noyabr oyida Boeing 727-200 samolyotida Kobuldan Hirot va Mozori-Sharifga amalga oshirilgan boʻlsa, birinchi xalqaro reys 2004-yilning may oyida Kobul va Dubay oʻrtasida amalga oshirilgan edi.
2013-yil 25-yanvarda Amerika Qoʻshma Shtatlari Kam Airni AQSh armiyasining aviakompaniya Tojikistonga fuqarolik reyslarida afyun tashigani toʻgʻrisidagi tergoviga asoslanib, qora roʻyxatga kiritdi, aviakompaniya va Afgʻoniston hukumati bu daʼvoni rad etdi. Taqiq bir oydan keyin bekor qilindi.
2021-yil 24-fevralda Kam Air Afgʻonistonda birinchi marta ayollardan iborat ekipaj parvozini amalga oshirdi. Aviakompaniyaning birinchi va oxirgi afgʻon ayol uchuvchisi, oʻsha paytdagi 22 yoshli Mohadese Mirzaee ukrainalik kapitan Veronika Borisova bilan birgalikda Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroportidan Hirotga parvoz qilgan Boeing 737-500ni boshqargan. Parvoz jahon OAVlari eʼtiborini tortdi va birinchi boʻlib parvozni hujjatlashtirgan Josh Keyhill tomonidan yoritildi, keyinroq BBC News, Deutsche Welle va Business Insider nashrlarida ham bu haqda xabar berildi. Parvoz 90 daqiqa davom etdi.
Afgʻoniston Islom Respublikasining qulashi munosabati bilan 2021-yil 15-avgustda mamlakatdagi barcha fuqarolik xizmatlari vaqtincha toʻxtatildi. Kam Air notinchlik paytida zarar koʻrmaslik uchun oʻz samolyotlarining bir qismini Eronga olib ketdi. Biroq, mahalliy reyslar 2021-yil 5-sentyabrda qayta tiklandi. Keyinroq xalqaro reyslar ham tiklandi.
Tez-tez parvoz qilish dasturi
Kam Air tez-tez parvoz qilish dasturi Orange Miles deb nomlangan sodiq aʼzolikni oʻz ichiga oladi.
Parvoz manzillari
2023-yil sentyabr holatiga koʻra, Kam Air 16 ta yoʻnalishga parvoz qiladi. Ulardan toʻrttasi mahalliy, 12 tasi esa xalqarodir. Aviakompaniyaning mahalliy yoʻnalishlariga Kobul, Hirot, Mozori-Sharif va Qandahor kiradi. Xalqaroda esa Kam Air Istanbul, Anqara, Al-Quvayt, Ar-Riyod, Jidda, Dubay, Abu-Dabi, Tehron, Mashhad, Toshkent, Islomobod and Nyu-Dehli shaharlariga parvoz qiladi.
Codeshare shartnomalari
Kam Air quyidagi aviakompaniyalar bilan kodshering shartnomalariga ega:
- Air Arabia
Interlayn hamkorlari
- Air India
- Flynas
- Malaysia Airlines
- Saudia
- Turk havo yoʻllari
- Vistara
Aviaparki


Joriy holati
2022-yil sentyabr holatiga koʻra, Kam Air oʻz parkida quyidagi samolyotlarga ega:
| Samolyot | Soni | Buyurtmalar | Yoʻlovchilar oʻrindigʻi | Eslatmalar | ||
|---|---|---|---|---|---|---|
| C | Y | Jami | ||||
| Airbus A340-300 | 3 | — | — | 346 | 346 | |
| Boeing 737-300 | 4 | — | — | 143 | 143 | |
| Boeing 737-500 | 1 | — | — | 140 | 140 | |
| Jami | 8 | |||||
2021-yil avgust oyida Kam Air oʻz samolyotlarining bir qismini Kobulning qulashi va shahar aeroportini oʻrab olgan tartibsizliklar ortidan xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha saqlash uchun Eronga yubordi.
Avval foydalanilgan samolyotlar
Aviakompaniya ilgari quyidagi samolyotlardan foydalangan:
- 2 ta ATR 42
- 2 ta Airbus A320-200
- 6 ta Boeing 737-200
- 1 ta Boeing 737-400
- 2 ta Boeing 737-500
- 3 ta Boeing 737-800 AirExplore va Pegasus Airlines aviakompaniyalaridan ijaraga olingan
- 2 ta Boeing 767-200
- 1 ta Boeing 767-300 Ukrainian Wings aviakompaniyasidan ijaraga olingan
- 4 ta Fokker 100 Bek Air aviakompaniyasidan ijaraga olingan
- 2 ta McDonnell Duglas MD-82
- 5 ta McDonnell Duglas MD-83 (uchtasi Bravo Airways aviakompaniyasidan ijaraga olingan)
- 2 ta Saab 340 Air Urgadan ijaraga olingan
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
- 2005-yilning 3-fevralida Afgʻoniston gʻarbidagi Hirot xalqaro aeroportidan parvoz qilayotgan Phoenix Aviation tomonidan amalga oshirilgan Kam Air 904-reysida ishlagan Boeing 737-200 layneri yomon ob-havo sharoitida Kobul xalqaro aeroportiga yaqinlashayotganda radar ekranlaridan gʻoyib boʻldi. Gʻoyib boʻlishi ortidan Afgʻoniston armiyasi 96 yoʻlovchi va 8 ekipaj aʼzosini izlab keng koʻlamli qidiruv operatsiyasini amalga oshirdi. Samolyot qoldiqlari 2005-yilning 5-fevralida Kobul sharqidagi togʻlardan topildi. Bortdagi 104 kishining barchasi halok boʻlgan edi.
- 2010-yil 11-avgust kuni Duglas DC-8-63F YA-VIC Buyuk Britaniyaning Manston aeroportidan uchish chogʻida dum qismida yongʻin chiqdi. Samolyot Kabo-Verde orollari orqali Argentinaning Buenos Ayres shahriga xalqaro yuk reysini amalga oshirayotgan edi. Hodisaga ortiqcha yoqilgʻi va yuk massasining notoʻgʻri baholanishi tufayli samolyotning vazni 25,700 lb (11,700 kg) boʻlgani tufayli yuzaga kelgan. Baxtsiz hodisa haqida xabardor boʻlgach, ekipaj Kabo-Verdega yoʻl oldi. U yerda oʻtkazilgan tekshiruv dumdagi zarbani tasdiqladi, ammo zarba koʻrsatkichi tahlili samolyot hali ham xavfsiz ekanligini koʻrsatdi. Hodisa havo hodisalarini tekshirish boʻlimi tomonidan tekshirilib, xavfsizlik boʻyicha turli tavsiyalar berdi. Keyinchalik Kam Airning Yevropa Ittifoqi hududida faoliyat yuritishi taqiqlandi. Hodisada ishtirok etgan uchta ekipaj ham ishdan boʻshatildi va Kam Air oʻzining ikkita DC-8 samolyotini xizmatdan olib qoʻyishini eʼlon qildi.
- 2018-yil yanvar oyida Kam Air Tolibonning Kobuldagi mehmonxonaga hujumi oqibatida toʻqqiz nafar xodimi – yetti ukrainalik va ikki venesuelalik xodimi halok boʻlgani haqida xabar berdi. Kam Air mehmonxonada xorijlik xodimlari uchun 50 ta xonani ijaraga olgan, ular Kobulning „eng qattiq qoʻriqlanadigan“ xonalaridan biri hisoblanadi. Halok boʻlganlarning besh nafari uchuvchi, toʻrt nafari esa ekipaj aʼzosi edi. Shundan soʻng aviakompaniyaning 50 dan ortiq xorijlik xodimlari mamlakatni tark etdilar va 26 yanvarga kelib uning toʻqqizta samolyotidan beshtasi xodimlar yetishmasligi sababli ucholmay qoldi. Shu sababdan koʻp sonli kundalik reyslar ham bekor qilindi.
- Pages using infobox airline with company slogan
- Markaziy Osiyo aviakompaniyalari
- Afgʻoniston aviakompaniyalari