Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1991-yilgi prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyevni qoʻllagan, soʻng Nabiyev hukumatining raisi boʻlgan.

Akbar Mirzoyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Akbar va familiyasi Mirzoyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Akbar Mirzoyev
 2-Tojikiston Bosh vaziri
Mansab davri
1992-yil 9-yanvardan  30-avgustgacha
Oʻtmishdoshi Izzatullo Hayoyev
Vorisi Jamshed Karimov(v.b.)
Abdumalik Abdullajonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1939-yil 15-fevral (1939-02-15) (87 yosh)
Xatlon viloyati
Mukofotlari

Akbar Mirzoyev (tojikcha: Акбар Мирзоев, 1939) – Tojikiston Bosh vaziri (1992).

Biografiyasi

Akbar Mirzoyev 1939-yil Nurekda tugʻilgan.

1960-yil Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan.

1960-1963-yillarda Sovet armiyasida xizmat qilgan.

1963-yildan 1974-yilgacha melioratsiya va suv resurslari tizimida ishlagan.

1987-yili Koʻlob viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1988—1990-yillari Tojikiston Xatlon viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi.

1991-yilgi prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyevni qoʻllagan, soʻng Nabiyev hukumatining raisi boʻlgan.

1992-yil 29-avgustda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. 1994-2001-yillarda – Tojikiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi boʻlgan.

2007-yilda Tojikiston xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi raisi etib tayinlandi.

Yuqori