Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kevin Oghenetega Tamaraebi Bakumo-Abraham (1997-yil 2-oktyabrda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, hujumchi. A Seriyaning Milan klubi safida ijara asosida toʻp

Tammy Abraham

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tammy Abraham
Tammy Abraham
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kevin Oghenetega
Tamaraebi Bakumo-Abraham
Tavallud sanasi 1997-yil 2-oktyabr (1997-10-02) (28 yosh)
Tavallud joyi Camberwell, Angliya
Boʻyi 1.94 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
AC Milan
(Roma klubidan ijaraga olingan)
Raqami 90
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004–2016 Chelsea
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016–2021 Chelsea 58 (21)
2016–2017 → Bristol City (ijara) 41 (23)
2017–2018 → Swansea City (ijara) 31 (5)
2018–2019 → Aston Villa (ijara) 37 (25)
2021– Roma 84 (26)
2024–AC Milan (ijara) 7 (2)
Milliy terma jamoa
2014–2015 Angliya U18 5 (2)
2015–2016 Angliya U19 14 (5)
2016–2019 Angliya U21 25 (9)
2017– Angliya 11 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 11-iyun uchun)

Kevin Oghenetega Tamaraebi Bakumo-Abraham (1997-yil 2-oktyabrda tugʻilgan) – angliyalik futbolchi, hujumchi. A Seriyaning Milan klubi safida ijara asosida toʻp suradi.

Abraham Chelsi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016-yilda Bristol City klubiga ijaraga berilgan. Bu klubda koʻplab yutuqlarga erishgan. Jumladan, 2016-yilgi mavsumda klubning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. Keyingi mavsumda Swansea City klubiga ijaraga berilgan. Mavsum yakunlariga koʻra klub Premyer-ligani tark etishga majbur boʻlgan. 2018-yilda Aston Villa klubi tarkibiga qoʻshilgan.

2019-yilda Chelsi safiga qaytib, 2019—2020-yilgi mavsumda raqiblar darvozasiga 18 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan. 2021-yilda 40 million yevro evaziga Italiyaning Roma klubiga transfer qilingan. A Seriyadagi debyut mavsumida 17 ta gol urgan. Shuningdek, oʻsha yili ilk marotaba oʻtkazilgan Yevropa konferensiyalar ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Dastlab, Angliya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2017-yilda Polshada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. 2017-yil noyabrda Angliya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati

Abraham Chelsi klubi mashgʻulotida (2016-yil)

Tammy faoliyatini Chelsea-U8 jamoasi tarkibida boshlagan. Klub safida 2015, 2016-yillarda UEFA Yoshlar ligasi va yoshlar oʻrtasidagi Angliya kubogida gʻalaba qozongan. Yoshlar ligasining 2015—2016-yilgi mavsumida Abraham toʻqqizta oʻyinda sakkizta gol urib, turnirning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylangan. Yoshlar oʻrtasidagi Angliya kubogining finalida Chelsea Manchester City ustidan gʻalaba qozongan. Mazkur uchrashuvda Abraha gʻalaba goliga mualliflik qilgan. 2014–15 va 2015–16-yilgi mavsumlarda „Chelsi“ning turli yoshdagi jamoalari tarkibida barcha musobaqalar doirasida 98 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 74 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Tammy Abrahamning maydondagi oʻyini ayni paytda murabbiylik vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib turgan Guus Hiddinkning eʼtiborini tortgan va 2015—2016-yilgi mavsum soʻngida futbolchi asosiy jamoa mashgʻulotlariga taklif qilingan. 2016-yilning 11-mayida Abraham Chelsea safida debyut qilgan. Liverpoolga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida Bertrand Traoréning oʻrniga maydonga tushirilgan. Bahs 1:1 hisobidagi durang natija bulan yakunlangan. Keyingi turda Stamford Bridge stadionida boʻlib oʻtgan Leicester Cityga qarshi bahsda ham Traoréning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. Bu oʻyin ham 1:1 hisobi bilan yakunlangan.

Bristol City

Tammy Abraham (oʻngda)

2016-yil 5-avgustda Abraham Championship klubi Bristol Cityga bir mavsumga ijaraga berilgan. Ertasi kuni klubdagi debyutini oʻtkazgan. Wigan Athletic klubiga qarshi kechgan bahsda (2:1) Josh Brownhill oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. Raqib darvozasiga toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan, lekin keyinchalik gol Hörður Magnússon hisobiga yozilganligi maʼlum qilingan. Navbatdagi oʻyinda Wycombe Wanderers klubi darvozasiga toʻp kiritib, jamoasining ʻ1:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminlagan. Bu gʻalaba natijasida Bristol Angliya liga kubogining 2-raundiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. 13-avgust kuni Bristol City debyutant Burton Albion ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Ushbu uchrashuvda Abraham faoliyatidagi ilk dublini rasmiylashtirgan. Sentyabr oyida esa Sheffield Wednesday klubi darvozasiga ikkita toʻp kiritgan. Ammo bu oʻyinda Bristol 3:2 hisobida raqibiga imkoniyatni boy bergan. Sentyabr oyi davomida raqiblar darvozasiga yana 2 ta toʻp kiritishga muvaffaq boʻlgan. Shu tariqa, chempionatda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Bunga qoʻshimcha ravishda Angliya futbol federatsiyasi tomonidan oyning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.

2017-yilning 31-yanvarida Abraham Championshipdagi 16-golini Sheffield Wednesday klubi darvozasiga kiritgan (2:2). Mavsumni 23 gol bilan yakunlagan. Bristol City esa Championship ligada 17-oʻrinni egallagan holda quyi ligaga tushib ketishdan qutilib qolgan. Mavsum davomidagi koʻrsatgan oʻyinlari sabab Tammy Bristol Cityda yilning eng yaxshi oʻyinchisi, eng yaxshi yosh oʻyinchisi va eng yaxshi toʻpurari deb topilgan. Shunday qilib, bir mavsumning oʻzida uchta sovrinni qoʻlga kiritgan birinchi futbolchiga aylangan.

Swansea City

Abraham gol nishonlayotgan vaziyat

2017-yil 4-iyulda Chelsea Abraham bilan besh yilga moʻljallangan yangi shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan va oʻsha kunning oʻzidayoq Premyer-liganing boshqa bir klubi Swansea Cityga bir mavsumga ijaraga berib yuborgan. Swansea safidagi debyutini 12-avgust kuni Southamptonga qarshi bahsda oʻtkazgan. Oʻyin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlangan. Oʻn kun oʻtgach, Angliya Liga kubogi doirasida 4:1 hisobida gʻalaba qozongan birinchi liga jamoasi hisoblangan Milton Keynes Dons klubiga qarshi bahsda Swansea safidagi debyut golini kiritgan. Keyingi oʻyinda (Premyer-liga doirasida) Swansea Crystal Palace ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan va Abraham mazkur bahsda hisobni ochuvchi gol muallifiga aylangan. 2017-yil 14-oktyabr kuni Huddersfield Town jamoasiga qarshi kechgan bahsda (2:0) raqib darvozasiga ikkita toʻp kiritgan. Shundan soʻng, Abraham yil oxirigacha birorta ham gol ura olmagan.

Yuqori