Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Raʼno Shodiyeva Odilovna (12-avgust 1979-yilda tugʻilgan) — oʻzbek kino aktrisasi. Hozir aktrisa „Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi“ qoshida tashkil etilgan „Imkoniy

Raʼno Shodiyeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Raʼno va familiyasi Odilovna boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Shodiyeva Raʼno Odilovna
Tavalludi 1979-yil 12-avgust (1979-08-12) (46 yosh)
Samarqand, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1995-2018
Mukofotlari

Raʼno Shodiyeva Odilovna (12-avgust 1979-yilda tugʻilgan) — oʻzbek kino aktrisasi. Hozir aktrisa „Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi“ qoshida tashkil etilgan „Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi“ rahbari sifatida faoliyat yuritadi.

Tarjimai holi

Shodiyeva Rano Odilovna 1979-yili Samarqand viloyati tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2007-yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2016-yilda "O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti" pedagogi lavozimidan boshlagan. 2018-2022- yillarda “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi” rahbari, 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Karlar Jamiyatida loyiha rahbari lavozimlarida ishlagan. 2023-yildan O‘zbekiston Karlar Jamiyatida Ishlab chiqarish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Mukofotlari

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” (2007y.), 1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” (2023y.) unvonlari sohibasi.

Filmografiyasi

Film
Yil Film Rol Izoh
1998 Shaytanat Zaynab Serial
2006 Vatan Gunafsha Videofilm
2007 Oʻtov Zaynab, soqov qiz rolida Bosh rol
2009 Tashlandiq Shirin Videofilm
2010 Oyijon Tarjimon Videofilm
2011 Qoʻrgʻoshin Saodat Videofilm
2015 Kuzda gullagan daraxt Videofilm
2016 Majnun Videofilm
Baron Videofilm
2017 Isnod Xurshida Videofilm
2018 Berlin — Oqqoʻrgʻon
Skorpion
Yuqori