| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Oqmoʻla viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Astraxonka |
| Asos solingan sanasi | 1936-yil |
| Akim | Yerseitov Talgʻat Amanbayevich |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2013) | 25,383 |
| Zichligi | 3,4 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 42,56% Ruslar - 30,70% Ukrainlar - 7,69% Polyaklar - 5,98% Olmonlar - 5,75% Beloruslar - 2,74% Tatarlar - 1,80% boshqalar - 2,78% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
| Maydoni | 7 400 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 71641 |
| Pochta indeksi | 020300-020326 |
| Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
| Rasmiy sayti | http://astrahan.akmol.kz/a/42/open/index.html |
| Xaritada | |
![]() | |
| 51°31′42″N 69°47′50″E / 51.52833°N 69.79722°E | |
Astraxon tumani (qoz. Астрахан ауданы, استراحان اۋدانى) — Oqmoʻla viloyatining markaziy qismida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,1 ming km². Aholisi 25,3 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 3,4 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Astraxonka qishlogʻi.
Geografiyasi
Tuman Sariorqaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Tuman dengiz sathidan 100-300 metr balandlikda joylashgan. Foydali qazilmalaridan oltin, tabiiy qurilish materiallarini uchratish mumkin. Tuman hududi orqali Astana - Otbosar - Qartali temir yoʻli va Astana — Atbasar, Astraxonka — Makinsk avtomobil yoʻllari oʻtadi.
Aholisi
Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
- qozoqlar — 11 564 kishi (42,56 %)
- ruslar — 8 170 kishi (30,70 %)
- ukrainlar — 2 089 kishi (7,69 %)
- polyaklar — 1 626 kishi (5,98 %)
- olmonlar — 1 561 kishi (5,75 %)
- beloruslar — 745 kishi (2,74 %)
- tatarlar — 489 kishi (1,80 %)
- ingushlar — 231 kishi (0,85 %)
- udmurtlar — 84 kishi (0,31 %)
- chechenlar — 81 kishi (0,30 %)
- boshqirdlar — 79 kishi (0,29 %)
- boshqalari — 451 kishi (1,66 %)
- Vsego — 27 170 chel. (100,00 %)
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi uzoq va sovuq boʻladi, jozi sernam issiq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati 18 °C, iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm, koʻpincha yoz oylarida yogʻingarchilik koʻp boʻladi.
Katta qishloqlari
- Astraxonka qishlogʻi
- Besbidayiq qishlogʻi
- Yesil qishlogʻi
- Yeski qalqutan qishlogʻi
- Jaltir qishlogʻi
- Jarsuat qishlogʻi
- Qozogʻiston tumanlari
