![]() Merino Ispaniya tarkibida (2025-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Mikel Merino Zazón | ||
| Tavallud sanasi | 1996-yil 22-iyun | ||
| Tavallud joyi | Pamplona, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.88 m | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi, strayker | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal | ||
| Raqami | 23 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Amigó | |||
| Osasuna | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014 | Osasuna B | 5 | (0) |
| 2014—2016 | Osasuna | 63 | (5) |
| 2016—2017 | Borussia Dortmund | 8 | (0) |
| 2017 | → Newcastle United | 7 | (0) |
| 2017—2018 | Newcastle United | 17 | (1) |
| 2018—2024 | Real Sociedad | 190 | (20) |
| 2024— | Arsenal | 50 | (11) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014—2015 | Ispaniya U19 | 12 | (1) |
| 2016—2019 | Ispaniya U21 | 20 | (4) |
| 2021 | Ispaniya olimpiya | 6 | (1) |
| 2020— | Ispaniya | 27 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (19-may uchun) | |||
Mikel Merino Sason (ispancha: Mikel Merino Zazón ; 22-iyun, 1996-yil, Pamplona, Ispaniya) – Ispaniyalik futbolchi, Real Sosyedad va Ispaniya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.2020-yilgi Tokio olimpiadasi kumush medali sovrindori.2019-yilda Ispaniya yoshlar terma jamoasi bilan Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan.
Klubdagi faoliyati
Merino- Osauna klubi tarbiyalanuvchisi.2014-yilning 23-avgustida Barselona B jamoasiga qarshi Segundada debyut qilgan.21-dekabrda Las-Palmasga qarshi oʻyinda birinchi golini kiritgan.2015-yilda Merinoning xizmatlariga Barselona qiziqish bildirgan.
2016-yilda Merino Borussiya Dortmund bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 5 million yevroni tashkil qilgan. U 14-oktyabr kuni Bundesligada Gertaga qarshi bahsda debyut qiladi. Oʻzining ilk mavsumida klubi bilan Germaniya kubogini qoʻlga kiritgan.
2017-yilnin yozida Mikel Merino oʻyin amaliyoti kamligi sababli Nyukasl Yunayted klubiga ijaraga beriladi.13-avgustda Premyer ligadagi ilk uchrashuvini Tottenhemga qarshi oʻtkazadi.2017- yilning 13-oktyabrida Nyujkasl Merinoni toʻlaqonli sotib oladi.21-oktyabrda Kristal Pelasga qarshi kechgan bahsda oʻzining debyut golini uradi.
2018-yilning yozida Merino Ispaniyaga qaytib,Real Sosyead aʼzosiga aylanadi. Nyukasl Yunayted bu transferdan 12 million yevro ishlab olgan. U La-ligadagi debyutini Villyarealga qarshi bahsda oʻtkazadi.21-sentyabrda Ueskaga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini kiritgan.
Terma jamoadagi faoliyati
2015-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2017-yilda Merino Ispaniya yoshlar terma jamoasi safida Polshadagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U Portugaliya va Serbiyaga qarshi bahslarda maydonga tushgan. 2019-yilda esa Italiyadagi Yevropa chempionatida chempionlikni qoʻlga kiritadi. 2021-yilda esa Merino Tokio 2020 olimpiadasida ishtirok etdi. Ispaniya olimpiya terma jamoasi turnirda kumush medallarga ega chiqqan.
Shu kunlarda Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtayotgan Yevropa chempionatida Mikel Merino Ispaniya milliy terma jamoasi safida harakat qilmoqda.5-iyul kuni boʻlib oʻtgan mezbon Germaniyaga qarshi chorak final uchrashuvining 119-daqiqasida aynan Merino kiritgan gol Ispanlarga yarim final yoʻllanmasini taqdim etdi.
Manbaalar
- „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2018-yil 2-fevral). Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
- „Mikel Merino“. Eurosport. Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
- 22-iyunda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- CA Osasuna B futbolchilari
- CA Osasuna futbolchilari
- Real Sociedad futbolchilari
- Borussia Dortmund futbolchilari
- Newcastle United F.C. futbolchilari
- Arsenal F.C. futbolchilari
- Bundesliga futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Segunda División futbolchilari
- Tercera División oʻyinchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha U-19 Yevropa chempionlari
- Olimpiyada medalini olgan futbolchilar
- UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
