- Vikipediyada ismi Hamza va familiyasi Imonberdiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Hamza Imonberdiyev – taniqli oʻzbek bolalar shoiri.
Hayoti
Hamza Imonberdiyev – (1954-1997)—yillar oraligʻida yashagan. 1954-yilda Qozogʻiston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli „Suzoq“ qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrtada maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagach, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirib, uni imtiyozli diplom bilan bitiradi.
Faoliyati
Shoir uzoq yillar „Tong yulduzi“ gazetasining adabiyot boʻlimini boshqaradi. 1986-yilda „Choʻlpon“ bolalar nashriyoti tashkil topgach, shu nashriyotda umrining soʻnggi damlarigacha muharrir vazifasida xizmat qildi.
Asarlari
„Quvnoqlar quvonchi“
„Shokoladxo‘rlar“
„G‘aroyib pufak“
„Kulgi shaharchasi“
- Oʻzbek shoirlari