| Begali Kodirov | |
|---|---|
| Mansab davri 2020-yil – 2024-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1973-yil 22-sentyabr Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, OʻzSSR, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
| Kasbi | agronom |
| Maʼlumoti | Andijon qishloq xoʻjaligi instituti |
| Mukofotlari | |
Begali Yoqubovich Kodirov (tugʻ. 1973-yil 22-sentyabr, Oltinkoʻl tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi va agronomi, 2020—2024-yillarda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. OʻzLiDeP aʼzosi.
Biografiyasi
Begali Yoqubovich 1973-yil 22-sentyabrda Andijon viloyati Oltinkoʻl viloyatida tugʻilgan. 1995-yilda Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan, agronom.
1995-yilda Oltinkoʻl tumanidagi „Mashal“ fermer xoʻjaligiga ishchi sifatida ishga joylashdi. 1997-yildan 2006-yilgacha iqtisodiy biolab laboratoriyasining boshligʻi boʻlgan. Keyinchalik, 2007—2016-yillarda Latifjon yeri fermer xoʻjaligi rahbari etib tayinlandi. Biroz vaqt oʻtgach, 2016-yilda Oʻzbekiston Fermerlari Kengashining Oltinkoʻl tuman boʻlimi raisi boʻldi. Keyinchalik, 2018-2020-yillarda Andijon viloyat fermerlari, dehqon xoʻjaliklari va uy xoʻjaliklari erlarining egalari viloyat kengashining raisi lavozimlarida ishlagan. 2020-2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining a’zosi lavozimida faoliyat yuritgan.
Mukofotlar
2013-yilda Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
- 22-sentyabrda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Oltinkoʻl tumanida tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari
- Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zolari
- Oʻzbekiston agronomlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
