Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Adiz Muzaffarovich Boboyev (1972-yil, Vobkent, Buxoro viloyati) – Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2024-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hisob pala

Adiz Boboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Adiz Muzaffarovich Boboyev
Адиз Музаффарович Бобоев
Samarqand viloyati hokimi
Mansab davri
2024-yil 28-noyabrdan  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Erkinjon Turdimov
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi
Mansab davri
2024-yil 29-yanvardan  2024-yil 28-noyabrgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Mehriddin Abdullayev
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1972-yil 25-yanvar (1972-01-25) (54 yosh)
Vobkent tumani

Adiz Muzaffarovich Boboyev (1972-yil, Vobkent, Buxoro viloyati) – Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi, 2024-yil Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi boʻlib ishlagan.

Biografiyasi

Adiz Boboev 1972-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan.

1993-yil Toshkent xalq xoʻjaligi institutini „Iqtisodiy va ijtimoiy rejalashtirish“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1993—2002-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi mutaxassisi, 2-toifali mutaxassisi, etakchi mutaxassisi, boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2002—2007-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – jamlanma byudjet boʻlimi boshligʻi, boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2008—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi daromadlarni prognozlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2010—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi daromadlarni rejalashtirish va jamlangan byudjet tushumlarini tahlil qilish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2012—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasi ijro etuvchi direktori oʻrinbosari, keyinchalik byudjetdan tashqari taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Investitsiyalar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy taʼminlash departamenti direktori lavozimida ishlagan.

2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2023—2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2024-yil 29-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.

2024-yil 28-noyabr kuni Samarqand viloyatiga hokim etib tayinlandi.

Yuqori