- Vikipediyada ismi Dildora va familiyasi Niyozova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Dildora Niyozova | |
|---|---|
| Tavalludi | 1978-yil 14-sentyabr Toshkent OʻzSSR SSSR |
| Janrlar | estrada |
| Kasbi | qoʻshiqchi |
| Faoliyat yillari | 2000-yildan hozirga qadar |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Latifjon Yunusov |
| Taʼlimi | Respublika estrada-sirk kolleji |
| Millati | oʻzbek |
| Bolalari | 2 ta |
Dildora Niyozova (1978-yil 14-sentabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi. „Ishonma“ nomli hazil qoʻshigʻi bilan xalq orasida tanilgan. Turli yillarda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻzining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud.
Biografiyasi
Dildora Niyozova 1978-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. Baʼzi bir manbalarga koʻra, Dildora Niyozova Yulduz Usmonovaning ashaddiy muhlisi boʻlgan, bolaligidan uning qoʻshiqlarini xirgoyi qilib yurgan. Respublika estrada-sirk kollejida tahsil olgan. Sanʼatning estrada yoʻnalishidagi ijodini 2000-yilda boshlagan. Turli yillarda Xalqlar doʻstligi saroyida oʻzining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qoʻshiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud.
Dildora Niyozovaning „Ishonma“ nomli hazil qoʻshigʻi unga omad keltiradi. U shu qoʻshigʻi orqali keyinchalik xalqqa taniladi. Xonandaning aytishicha „Ishonma“ qoʻshigʻini Fargʻona vodiysidagi toʻylarning birida undan bir necha marotaba qayta kuylashini soʻrashadi. Shu toʻyda qoʻshiqning rekord natijasi qayd etilib, bitta qoʻshiq ketma-ket 15 marta ijro etiladi. „Ishonma“ni Dildora Niyozovadan avval xorazmlik erkak qoʻshiqchi ijro etgan.
Dildora Niyozova oʻzining mega xit taronalari muallifiRuslan Sharipov bilan duet qilgan. Ular birgalikda kuylagan „Chilla“ dueti xit boʻlgach, Ruslan Sharipov ijodni tark etgan.
Oilasi
Dildora Niyozova 2 farzandning onasi: bir oʻgʻli va Muslima ismli qizi bor (2015-yil 9-oktyabrda tugʻilgan). Turmush oʻrtogʻi Latifjon Yunusov.
- 14-sentyabrda tugʻilganlar
- 1978-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar